O‘zbekiston | 08:02 / 19.09.2023
3418
2 daqiqa o‘qiladi

XVJ O‘zbekistonga iqtisodiy siyosatni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda yordam beradi

O‘zbekiston prezidenti XVJ rahbari bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

18 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahridagi o‘ziga ajratilgan qarorgohda Xalqaro valuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevani qabul qildi.

Global iqtisodiy vaziyat yuzasidan batafsil fikr almashildi. XVJ bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni, shu jumladan joriy yil iyun oyida Samarqand shahrida o‘tgan ikki tomonlama uchrashuvda erishilgan kelishuvlardan kelib chiqqan holda yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Fond rahbari O‘zbekistonda islohotlar dasturi natijalariga yuqori baho berdi hamda mamlakatdagi samarali yangilanishlarni ilgari surishda yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv chog‘ida XVJning moliya sohasi barqarorligini kompleks tahlil qilish, iqtisodiy siyosatni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda konsalting ko‘magini ko‘rsatish hamda mamlakat idoralari mutaxassislarining salohiyatini oshirish dasturini amalga oshirishdagi ishtirokiga doir masalalar muhokama qilindi.

Mavzuga oid