O‘zbekiston | 09:13 / 05.08.2021
1792
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarga 500 ming so‘mdan berilmoqda

Foto: KUN.UZ

Toshkent viloyatidagi «Temir daftar»ga kiritilgan boquvchisini yo‘qotgan oilalarning 18 yoshga to‘lmagan farzandlarini kiyim-bosh to‘plamlari, maktab formasi va o‘quv qurollari bilan ta'minlash maqsadida 23 mingdan ortiq oilalarga 500 ming so‘mdan berilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi ma'lum qildi.

Toshkent viloyatida «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarda bolalar soni 30 ming 453 nafarni, 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan shaxslar 9 ming 350 nafarni, boquvchisini yo‘qotganlik uchun nafaqa oluvchi bolalar 16 ming 741 nafarni tashkil etadi.

Bir martalik ajratilayotgan moddiy yordam pullari «Xalq banki»ning hududlardagi filiallari tomonidan joriy yilning 25 avgustiga qadar topshiriladi.

Mavzuga oid