Prezident Taxiatosh IESni ko‘zdan kechirdi va Qoraqalpog‘istonga safarini yakunladi
Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida har biri 230-280 megavatt quvvatga ega bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasi barpo etilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga safari chog‘ida mazkur investitsiya loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
«Mamlakatimizda sanoatni rivojlantirish borasida katta marra olganmiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etyapmiz. Bular uchun avvalo mustahkam infratuzilma kerak. Bu loyiha Qoraqalpog‘iston va Xorazmda energiya ta'minotini yaxshilash, aholiga kuz-qish mavsumida ham uzluksiz elektr quvvati yetkazib berish uchun juda muhim», - dedi davlat rahbari.
Bunday strategik ishlar boshqa hududlarda ham amalga oshirilmoqda. Xususan, To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi qurilmoqda, Navoiy issiqlik elektr stansiyasi va Farg‘ona issiqlik elektr markazi modernizatsiya qilinmoqda.
Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi ularning to‘rtinchisi.
«Prezidentimizning 2017 yil 11 sentyabrdagi qarori asosida amalga oshirilayotgan ushbu loyihaning umumiy qiymati 678,2 million dollarni tashkil etadi. Ikkita bug‘-gaz qurilmasining ishga tushirilishi natijasida stansiyaning umumiy quvvati 730 MVtdan 1003 MVtgacha oshadi. Yiliga 488,6 million kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi. Shuningdek, yillik suv sarfi 293 million kub metrga kamayadi. Yuzga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi.
Taxiatosh IESda birinchi bug‘-gaz uskunasi joriy yil noyabrda, xuddi shunday quvvatga ega ikkinchi uskuna keyingi yil yanvarda ishga tushiriladi.
Loyiha Janubiy Koreyaning «Hyundai Engineering Co. Ltd.» hamda «Hyundai Engineering & Construction Co. Ltd.» kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Davlat rahbari mazkur kompaniyalar vakillari bilan suhbatlashdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Shu bilan Prezidentning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Mavzuga oid
07:40 / 17.07.2024
O‘zbekistonda shoir Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi
10:26 / 02.07.2024
Qoraqalpog‘istonda 15 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablari buzilgan – Raqobat qo‘mitasi
12:31 / 01.07.2024
Uchta hududda xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
08:27 / 20.06.2024