Respublikaning uçta hududida xorijiy davlatga işga yuborişni va’da qilgan şaxslar uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, departamentning Samarqand şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqaro A.Ş. fuqaro Ş.B. va boşqalarning işonçiga kirib, ularni Angliya davlatiga işlaş uçun yuborişni va’da qilgani hamda buning evaziga ularning 18 ming AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritganligi aniqlangan.     

Departamentning Oltinköl tuman bölimi va DXX xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro X.T. fuqaro S.K.ning işonçiga kirib, uni Kanada davlatiga işga yuborişi evaziga 3 ming dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şuningdek, departamentning Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda fuqaro I.J. fuqaro E.X.ni 1 500 dollar evaziga Serbiya yoki Bolgariya davlatlariga işlaş uçun viza olib berişini aytib, şundan 500 dollarini firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Oldinroq Toşkentda xorijiy davlatlarga işga yuborişni va’da qilganlar uşlangani xabar qilingandi.