O‘zbekiston | 15:45 / 14.09.2021
23261
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Joriy yilning 14 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. 

Qayd etilishicha, Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyatni hisobga olgan holda mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, prezidentlar bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasini ko‘rib chiqdi.

Mavzuga oid