Iqtisodiyot | 23:11 / 16.07.2021
8923
1 daqiqa o‘qiladi

O‘tgan yarim yillikda aholining real daromadlari 10,8 foizga ko‘paygan – Statistika qo‘mitasi

2021 yilning yanvar-iyun oylarida xizmatlar 18,3 foizga, yuk tashish 14,1 foizga, chakana savdo 9 va sanoat 8,5 foizga o‘sdi.

2021 yilning dastlabki olti oyida respublika yalpi ichki mahsuloti 6,2 foizga o‘sib, 106,2 foizni tashkil qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi hisobotiga ko‘ra, bunda xizmatlar 18,3 foizga, yuk tashish 14,1 foizga, chakana savdo 9 foizga, sanoat esa 8,5 foizga o‘sgan.

Shuningdek, aholining real daromadlari 10,8 foizga ko‘paygan. Tashqi savdo aylanmasi 13,6 foiz, yo‘lovchi tashish hajmi 4,1 foizga, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi 1,8 foiz, qurilish 0,1 foiz o‘sgan.

Qayd etilishicha, 1 iyul holatiga respublikada 546 ming 183 korxona va tashkilotlar davlat ro‘yxatidan o‘tgan va ularning 515 ming 342 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Qo‘mitaga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 34 mln 860 ming 200 kishini (1 iyul holati) tashkil etadi.

Avvalroq, joriy yil 1-choragida YaIM miqdori 128,6 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning 1-choragiga nisbatan 3,0 foizga o‘sgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid