Suv resurslarini boşqarişning samarali tizimini yarata olamizmi? Yangi konsepsiya loyihasi töğrisida
|18:28 / 20.02.202017 45912 min
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Özbekistonning suv xöjaligini rivojlantirişning 2020-2030 yillarga möljallangan konsepsiyasi loyihasi muhokama uçun joylaştirildi. Öylaymizki, bu suv sohasida töplanib qolgan muammolarni hal qilişga qaratilgan juda muhim hujjat.
Xatar va muammolar
Suv – bu aholi, iqtisodiyot va ayniqsa qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilari hayoti va faoliyati, şuningdek ekologik muvozanatni saqlaş uçun zarur tabiiy resurs hisoblanadi.
Özbekiston suv resurslarining kelgusi balansiga mintaqaning asosiy daryolari şakllanadigan muzliklarning jadal erişi, iqlim özgarişining boşqa jihatlari, şuningdek aholining suvga ortib borayotgan ehtiyojlari va sanoatning rivojlanişi ta'sir körsatadi.
Butun Markaziy Osiyodagidek, Özbekistonga ham iqlim özgarişi avvalo, hududning asosiy daryolarini şakllantiradigan toğ muzliklarining erişi bilan tahdid soladi. Sönggi 50-60 yil davomida muzliklar maydoni taxminan 30 foizga qisqargan. Taxminlarga köra, harorat 2 darajaga ortganda muzliklar hajmi 50 foizga, 4 darajaga isiganda – 78 foizga kamayadi.
Suv taqçilligi bilan boğliq vaziyat qöşni mamlakatlardan suv yetkazib berilişiga nihoyatda boğliq ekanligi bilan yanada murakkablaşadi (iste'mol qilinadigan suvning 80 foizi mamlakatga taşqaridan keladi).
Sönggi yillarda Özbekiston tomonidan foydalaniladigan suv resurslarining yillik hajmi örta hisobda 51-53 km3.ni taşkil etadi va bu umumiy olingan suv hajmining ötgan asr 80-yillariga nisbatan jiddiy tarzda (20 foiz) qisqarganini körsatadi (şu bilan birga, mamlakat aholisi bir yarim - ikki baravarga köpaygan). Kelgusida vaziyat faqat yomonlaşadi.
Mavjud suv resurslaridan foydalanişning asosiy muammosi – qişloq xöjaligida suv resurslarini yetkazib beriş va iste'mol qilişda ulardan samarasiz foydalaniş. Körsatib ötilgan muammo institutsional, texnologik va kadrlarga oid sabablarga ega.
Özbekiston suv xöjaligining asosiy institutsional muammolari – suv iste'molçilari (avvalo, agro işlab çiqaruvçilar va aholi tomonidan), suv infratuzilmasi uçun mas'ul bölgan şaxslar va taşkilotlar tomonidan suvdan samarali foydalaniş böyiça ta'sirçan rağbatlarning yöqligi, şuningdek sohaning yetarli darajada moliyalaştirilmasligi. Qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilari uçun suv yetkazib beriş böyiça asosiy xarajatlar davlat budjetidan qoplanadi. Qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilarining suv yetkazib beriş böyiça tölovlari uning iste'moli hajmi bilan töğridan töğri boğlanmagan. Ularning miqdori samarali va tejamkor suv iste'molini rağbatlantiriş uçun yetarli emas.
Mavzuga oid
Şu kunga qadar agrar sohani suv bilan ta'minlaşni boşqarişda, umuman butun qişloq xöjaligida bölgani kabi ma'muriy (bozorga oid bölmagan) usullar hukmronlik qildi. Şu paytgaça suv taqsimlaşning asosiy vositalarini ixtiyoriy tarzda tayinlanadigan kvotalar hamda ekinlarning mahsulotga oid tarkibi ustidan ma'muriy nazorat taşkil etdi. Paxta va buğdoy yetiştiriş rejalarini bajariş böyiça vazifalar iqtisodiy foydani maksimal darajaga yetkaziş, qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilari daromadlarini va suv tejamkorligini oşiriş, suv yetkazib beriş xarajatlarini qisqartiriş vazifalari bilan boğlanmagan edi.
Ma'lumki, joriy yilda jumladan, fermerlar uçun majburiy rejalaştirişdan bosqiçma-bosqiç voz keçiş közda tutilgan keng kölamli agrar islohot boşlanmoqda. Şunga muvofiq, suv xöjaligi sohasidagi islohotlarni amalga oşiriş uçun zarur şart-şaroitlar yaratilyapti.
Suv resurslaridan foydalanişda birinçi navbatdagi texnologik muammolar eskirgan va yaroqsiz infratuzilma bilan boğliq. Önlab yillar davomida foydalanilgan suğoriş tizimlari va gidrotexnik inşootlarning eskirişi, yuqori energiya sarfi va texnologik asbob-uskunalar hamda inşootlarning past mahsuldorligi suvning sezilarli darajada yöqotilişiga va uni iste'molçilarga yetkazib berişda yuqori xarajatlarga olib kelmoqda. Mamlakatdagi magistral va xöjaliklararo kanallarning 66 foizi filtratsiyaga qarşi qoplamalarga ega emas, ya'ni tuproqli özandan oqadi. Bundan taşqari, magistral va xöjaliklararo kanallarning 44 foizida ta'mirlaş va tiklaş işlarini, 16 foizida rekonstruksiya işlarini olib boriş zarur. Suv iste'molçilari uyuşmalari va fermer xöjaliklari balansida bölgan xöjalik va içki xöjalik tarmoqlarining 42 foizi ta'mirlaş va tiklaşga, 10 foizdan köp qismi esa rekonstruksiyaga muhtoj. Mavjud lotok tarmoqlarining asosiy qismi qariyb 30 yildan buyon texnik xizmat körsatilmasdan foydalanilmoqda, şu sababli lotok tarmoqlarining 70 foizi qoniqarsiz holatda hamda ularni rekonstruksiya qiliş va almaştiriş talab qilinadi. Bunday holatda manbalardan nasos stansiyalari yordamida olinadigan yoki özioqar suvlarning 35-40 foizi suğoriş tizimlari (tarmoqlari)da yöqotiladi.
Suv xöjaligi balansida bölgan nasos uskunalarining 60 foizidan köp qismining foydalaniş muddati allaqaçon ötib bölgan. Nasos stansiyalari va tarkibiy qismlarining jismoniy va ma'naviy eskirganligi elektr energiyaning katta miqdorda yöqotilişi asosiy sababidir.
Suvdan nooqilona foydalaniş uning iste'molçilarga yetkazib berilganidan söng ham kuzatilmoqda. Hozirgi paytda 3 foizgina suğoriladigan yerlarda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilingan.
Sohaning Konsepsiyada tilga olingan boşqa muhim muammolari quyidagilar:
- suv xöjaligi taşkilotlari xodimlarining örtaça iş haqi mamlakatdagi örtaça iş haqiga nisbatan past;
- xöjalik içki suğoriş tarmoqlarida suvni boşqarişni va uni taqsimotini samarali amalga oşiriş uçun taşkil etilgan Suv iste'molçilari uyuşmalari suv xöjaligi tizimida suv iste'molçilarining özini özi boşqariş böyiça barqaror tuzilmasiga aylana olmadi;
- suv resurslarini boşqarişda turli idoralar örtasida mas'uliyatning soçilib ketişi va tegişli muvofiqlaştirişning mavjud emasligi;
- sohada ta'lim va fanning rivojlaniş darajasi yetarli emasligi.
Közlangan islohotlar
Konsepsiya loyihasida suv xöjaligini rivojlantiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar belgilangan. Biz faqat özimiz uçun eng muhim köringan yönalişlarni qayd etmoqçimiz.
1. Suv xöjaligida bozor tamoyillarini joriy etiş, suv xöjaligi taşkilotlari faoliyatini tijoriylaştiriş, davlat-xususiy şerikçilik mexanizmlarini va autsorsingni joriy etiş hisobiga suv xöjaligining moliyaviy barqarorligini oşiriş. Özbekistonda qişloq xöjaligi faoliyatini yuritiş uçun şaroitlar xilma-xilligini hisobga olgan holda, xöjalik içki suğoriş-drenaj tarmoqlarini boşqarişning universal modelini yaratişni urinişdan yanada moslaşuvçan va xilma-xil mexanizmlariga ötiş közda tutiladi.
Hududning öziga xos xususiyatlari, suv xöjaligi xizmatlarining kadrlar salohiyati va xususiy sektorning davlat-xususiy şeriklikda qatnaşişga tayyorligidan kelib çiqqan holda mahalliy suğoriş-drenaj tarmoğini boşqariş funksiyalarini:
qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilari va boşqa suv iste'molçilarining ixtiyoriy birlaşmalariga;
xususiy kompaniyalarga (tanlov asosida);
qişloq xöjaligi klasterlariga (ular javobgarlikni öz zimmasiga olişga tayyor joylarda) beriş;
suv infratuzilmasini boşqariş va unga xizmat körsatiş, xizmatlar körsatiş sohasidagi xöjalik funksiyalarini davlat-xususiy şeriklik (DXŞ) va autsorsingning boşqa körinişlari doirasida özga taşkilotlarga beriş.
Autsorsing uçun quyidagilarni ötkaziş rejalaştirilmoqda (xizmat körsatiş taşkilotlarining mulkini boşqarişning vaqtinça, doimiy va boşqa şakllariga ötkaziş imkoniyati bilan):
- suv xöjaligi obektlaridan foydalaniş va ularni texnik jihatdan ta'minlaş;
- suv xöjaligi inşootlarini ta'mirlaş, quriş va modernizatsiya qiliş;
- suv sohasiga körsatiladigan boşqa xizmatlari.
Bu işlab çiqariş jarayonlarini maqbullaştiriş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va resurslardan oqilona foydalanişni rağbatlantiriş orqali suv yetkazib beriş xarajatlarini kamaytiriş va suv iste'moli samaradorligini oşirişga yordam beradi.
2. Suvdan foydalanuvçilarning suv yetkazib beriş xarajatlarini qoplaş darajasini bosqiçma-bosqiç oşiriş. Yuqorida ta'kidlab ötilganidek, hozirgi vaqtda qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilarining suv yetkazib beriş xizmatlari uçun tölovlari unçalik katta emas (ular yetkazib beriş xarajatlarining bir qisminigina qoplaydi) va uni iste'mol qiliş hajmi bilan bevosita boğliqlik yöq.
Magistral va xöjaliklararo tarmoqlar darajasida bunga suv soliği stavkalarini oşiriş va differensiatsiyalaş orqali erişiladi. Mahalliy suğoriş tarmoqlari darajasida esa suv iste'molçilarining moliyalaştirişdagi iştirokini köpaytiriş suv yetkazib beriş uçun tölov mexanizmlarini takomillaştiriş orqali amalga oşiriladi. Suv yetkazib beriş xarajatlarini suv soliğiga kiritişda suv iste'moli hajmi va suv yetkazib beriş xarajatlariga qarab, suv uçun differensiatsiyalaşgan soliq stavkalarini hisoblaş uslubiyati işlab çiqiladi va tasdiqlanadi.
3. Suv xöjaligi sohasida ma'muriy islohotlar ötkazilişi, zamonaviy, bozor tamoyillariga mos boşqaruv usullarining joriy etilişi, suv xöjaligini boşqarişda suv iste'molçilari, boşqa manfaatdor tomonlar va jamoatçilikning roli va iştirokini oşiriş. Har bir davlat organining vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilaş közda tutilmoqda.
Qaror qabul qilişda davlat tomonidan tartibga soliş samaradorligini oşiriş va manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş uçun quyidagilarga boğliq bölgan funksiyalarni aniq çegaralaş talab etiladi:
davlat tomonidan tartibga solişning asosan ma'muriy usullarini qöllaşdan bozor iqtisodiyoti tamoyillariga yönaltirilgan usullar va mexanizmlarga ötiş, şu jumladan suv resurslaridan samarali foydalaniş, xususiy taşabbuslarni jonlantiriş va sohaga nodavlat moliyaviy resurslarni jalb qiliş uçun iqtisodiy rağbatlantiriş tizimini yaratiş;
barça suv resurslari, şu jumladan yer usti, yer osti va qaytar suvlarni boşqariş siyosatini işlab çiqiş va amalga oşiriş;
turli sohalarda (qişloq xöjaligi, kommunal xöjaligi, sanoat, energetika va boşqalar) suv resurslari taqsimlaş va foydalanişni tartibga soliş;
suv xöjaligi infrastrukturasidan foydalaniş va suv xizmatlarini körsatiş funksiyalarini amalga oşiriş;
suv oliş limitlari, şuningdek suv iste'moli va suvdan foydalanişning tartib-qoidalariga rioya etilişi ustidan nazorat qiliş.
Qaror qabul qilişda manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş uçun bu funksiyalar turli taşkilotlar tomonidan amalga oşirilişi lozim.
4. Suvdan iqtisodiy jihatdan samarali foydalaniş orqali qişloq xöjaligining mahsuldorligini yanada oşiriş talablariga javoban suv huquqlari yoki uning qismlari bilan almaşişning adolatli va şaffof tizimini yaratiş közda tutilgan. Zaxiralarning (jumladan, qor qoplami) suv ta'minotiga asoslangan suv taqsimlaş rejalari yil va fasl örtasida vaziyat özgaruvçanligini hisobga olgan holda şaffof va adolatli yondaşuv asosida tuziladi. Suvni taqsimlaş va suvga bölgan huquqni sotiş böyiça şaffof va samarali qoidalar Konsepsiyaning keyingi bosqiçlarida yakunlanadi.
5. Gidrotexnik inşootlar va nasos stansiyalarini modernizatsiya qiliş va texnik holatini yaxşilaş, ularning xavfsizligini ta'minlaş, suğoriş tizimlarida suv yöqotilişini kamaytiriş, suvni yetkazib berişga sarflanadigan energiya xarajatlarini qisqartiriş. Bu davlat budjeti va xususiy investitsiyalar hisobidan amalga oşiriladi.
6. Suvdan oqilona foydalaniş, energiya va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qiliş, suv iste'molini maqbullaştiriş, qaytar suvlardan foydalaniş tizimini joriy etiş böyiça ta'sirçan rağbatlantiriş mexanizmlarini yaratiş, suv tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etişga yönaltirilgan ilmiy-tadqiqot va konsalting işlarini moliyalaştiriş manbalarini rağbatlantiriş va kengaytiriş mexanizmlarini işlab çiqiş közda tutilmoqda.
7. Suv xöjaligi sohasiga kadrlar tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş tizimini takomillaştiriş, suv xöjaligida ilmiy va innovatsion salohiyatni rivojlantiriş.
8. Suv resurslarini başorat qiliş va hisobga oliş tizimini takomillaştiriş, samarali qarorlar qabul qiliş uçun ma'lumotlar sifatini va ulardan foydalaniş imkoniyatini oşiriş.
Bizningça, Konsepsiya loyihasida suv sohasida töplanib qolgan muammolarni hal etiş uçun töğri çoralar taklif etilgan. Uşbu közlangan maqsad amalga oşadi degan umiddamiz.