Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida qişloq xöjaligida suv va energiya resurslaridan unumli foydalaniş masalalari yuzasidan yiğiliş bölib ötdi. 

2024 yilda Özbekistondagi suv omborlarida ötgan yilga nisbatan köp suv yiğilgani ta’kidlandi. Davlat rahbari bu holat xotirjamlikka berilmaslik lozimligini qayd etdi. 

Yiğilişda sohada hali qilinadigan işlar köpligi körsatib ötildi. Klaster va fermerlarga yetkazib berilayotgan har bir kub metr suvga respublika böyiça örtaça 212 söm xarajat qilinyapti. Buxoro, Qaşqadaryo va Namangan viloyatlarida bu körsatkiç 2-3 barobar yuqori. 

Oxirgi yillarda 1 milliard dollar hisobiga Qarşi, Amu-Buxoro, Amu-Zang kabi yirik nasos stansiyalar modernizatsiya qilindi. Lekin Buxoro, Qaşqadaryo, Namangan va Surxondaryoda örta va mayda eskirgan nasoslar yangilanmagani uçun suv tannarxi oşib ketmoqda.

Betonlaş hisobiga yöqotiş 10-15 foizga kamaygan bölsa-da, 20 ta tumanda yöqotişlar respublikada eng yuqori.