Fransiya O‘zbekiston turizm infratuzilmasini rivojlantirishga yordam beradi
O‘zbekiston-Fransiya hukumatlararo komissiyasining savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha VIII yig‘ilishi o‘tkazildi.
Uchrashuv doirasida Fransiya G‘aznachiligi bilan Fransiyaning “Geode-Manie Lives-Compagnie des” kompaniyalari konsorsiumi tomonidan amalga oshirilgan “Beldirsoy-Chimyon-Nanay” “Alp-Patriarx MVK” qurilish loyihasini amalga oshirish uchun 47,9 million yevro miqdorida kredit jalb qilish to‘g‘risidagi shartnomasi imzolandi.
Shuningdek, “Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro mavsumiy dam olish maskanini tashkil etishga doir loyihani moliyalashtirish to‘g‘risidagi protokol imzolandi. Mazkur dam olish maskanining konsepsiyasi va iqtisodiy modeli fransuz “Orex Loisirs”, “Compagnie des Alpes”, “Geode”, “Egis”, “Epode” va “Patriarch” kompaniyalari konsorsiumi tomonidan ishlab chiqilgan.
Loyiha umumiy qiymati 480 million dollarni tashkil etib, uning doirasida turizm infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan osma ko‘priklar va chang‘i yo‘llarini qurish rejalashtirilgan.
Kelgusida turizm maskanlari hududida tuya, echki va asalarichilikni rivojlantirish asosida qo‘shimcha xizmat turlarini ham tashkil etish nazarda tutilgan bo‘lib, bunda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun o‘zaro yaqin aloqalarni o‘rnatish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
20:58 / 12.11.2024
Fransiyadagi yirik ommaviy axborot vositalari X ijtimoiy tarmog‘ini sudga berdi
17:50 / 06.11.2024
Makron Tramp g‘alabasidan keyin Fransiya va Germaniya maqsadlarini aytdi
21:44 / 05.11.2024
Netflixʼning Parij va Amsterdamdagi ofislarida tintuv o‘tkazildi
18:52 / 05.11.2024