Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Michelin 2025 yilda Fransiyadagi ikkita zavodini yopadi
Yevropa bozorida xaridorlar Osiyodan kirib keladigan arzon shinalarga qiziqish bildirmoqda. Shu bois Shole va Vann shaharlarida joylashgan korxonalar bir necha yildan beri jiddiy iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelyapti.
Avtomobil shinalarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchilardan biri hisoblanuvchi Compagnie Generale des Etablissemens Michelin kompaniyasi 2026 yilgacha Fransiyadagi ikkita zavodini yopishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Shole va Vann shaharlarida joylashgan korxonalar bir necha yildan beri jiddiy iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Kompaniya tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramay, zavodlar faoliyatini saqlab qolishning imkoni bo‘lmayapti.
«Yengil va yuk avtomobillari shinalari bozorining tarkibiy o‘zgarishi, Yevropada raqobatbardoshlikning yomonlashuvi, xususan inflatsiya va energiya narxining oshishi ikkala zavodga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu qaror barcha muqobil variantlar hamda ssenariylar baholanib, tahlil qilib chiqilganidan keyin keskin chora sifatida qabul qilindi», — deyiladi xabarda.
So‘nggi yillarda Yevropa bozorida xaridorlar Osiyodan kirib keladigan arzon shinalarga qiziqish bildirmoqda — bu esa Yevropadagi ishlab chiqaruvchilarga zarba bo‘ldi. Mazkur vaziyat Michelin’ning ayrim zavodlarida ortiqcha ishlab chiqaruv quvvatlarining paydo bo‘lishiga olib keldi.
Fransiyadagi ikkala zavodda jami 1 250 mingdan ortiq xodim ishlaydi. Zavodlarda ishlab chiqarish 11 noyabrga qadar to‘xtatilgan. Hozirda har bir xodimga individual yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha rahbariyat va kasaba uyushmalari o‘rtasida muzokaralar kechmoqda.
5 noyabr savdolariga ko‘ra, Michelin aksiyalari kotirovkasi 0,6 foizga qimmatlashgan. Kompaniya kapitalizatsiyasi esa joriy yil boshidan beri 3,4 foizga tushib ketgan (22 milliard yevrogacha).
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
20:14 / 31.05.2026
Fransiyada ozdiruvchi dori sotib olganlarning xarajatlari qoplab beriladi
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
22:20 / 24.05.2026