O‘zbekiston | 09:00 / 09.09.2022
4092
3 daqiqa o‘qiladi

“Sening pullaring allaqachon bankada”: Flash Up Energy o‘z iste’molchilari uchun qimmatbaho sovg‘alar o‘ynadi

Foto: Flash Up Energy

Bosh sovrin 10 ta omadli g‘olibga nasib qiladigan 100 million so‘m bo‘ldi.

Flash Up Energy energetik ichimliklar brendi 2022 yil 27 iyundan 31 avgustgacha O‘zbekiston bo‘ylab milliy aksiya o‘tkazdi.

Dastlabki mukofot jamg‘armasi 400 million so‘mni tashkil etdi, ammo aksiya iste’molchilar orasida mashhurlikka erishgani tufayli Flash Up uni 550 million so‘mgacha oshirishga qaror qildi.

Aksiyada ishtirok etish shartlari iloji boricha soddalashtirilgan. Ishtirokchilardan banka qopqog‘ining tagida yozilgan promo-kodlarni uchta oddiy usulda (SMS-xabar, Telegram-bot yoki promo-aksiyaning sayti orqali) ro‘yxatdan o‘tkazish talab qilindi. Yuqoridagilar amalga oshirilgandan so‘ng xaridor avtomatik ravishda aksiyaning ishtirokchisiga aylanadi.

“Mobil telefonga pul” kafolatlangan sovrini quyidagilarga nasib qildi:

* 67 500 kishi – 5 000 so‘m;

* 750 kishi – 50 000 so‘m;

* 750 kishi – 100 000 so‘m.

Shunday qilib, 69 ming kishi “mobil telefonga pul” kafolatlangan sovg‘alarini oldi.

Bosh sovrin 16 avgust kuni soat 15:00 da Instagram'dagi @flashupuzbekistan akkauntida tasodifiy sonlar generatori yordamida jonli efirda aniqlandi va shu tariqa har biri 10 million so‘mdan yutib olgan 10 nafar g‘olib tanlandi. Jonli efir tufayli barcha tomoshabinlar g‘oliblarni tanlash imkoni boricha shaffof va xolisona o‘tganiga ishonch hosil qilishlari mumkin bo‘ldi.

O‘zbekiston bo‘yicha aksiyada jami 423 509 kishi ishtirok etdi va 2 326 557 ta unikal kod ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu o‘z navbatida xaridorlarning brendga bo‘lgan ishonchi va u qilayotgan yangiliklarga jalb qilinish darajasini ko‘rsatadi.

***

18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik va bola emizish davrida, shuningdek asabiylik, uyqusizlik, arterial gipertenziyadan qiynalayotgan odamlar tomonidan iste’mol tavsiya etilmaydi. Bolalar aktivligi va e’tiboriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan bo‘yoqlarni o‘z ichiga oladi. Ichimlikni kuniga bir bankadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid