Abdulla Aripov YeOII hukumat rahbarlari majlisida qatnashdi
O‘zbekiston hukumati rahbari YeOII sammitidagi nutqida “yashil” koridor tizimlarini kengaytirish, qo‘shma agrosanoat klasterlari va logistika markazlarini tashkil etish va boshqa masalalarga to‘xtalib o‘tdi.
Bugun, 4 iyun kuni Belarusning Nesvij shahrida Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi.
Hukumat rahbarining matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Aripov o‘z nutqida “yashil” koridor tizimlarini kengaytirish, qo‘shma agrosanoat klasterlari va logistika markazlarini tashkil etish, “yashil” va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini bartaraf etishda umumiy yondashuvlar va yaqin hamkorlikni ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratgan.
Eslatib o‘tamiz, YeOII – Rossiya, Belarus, Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zoligidagi mintaqaviy iqtisodiy integratsiya tashkiloti hisoblanadi. O‘zbekiston 2020 yil 11 dekabrda Kuba bilan birga tashkilotda kuzatuvchi maqomini olgan. YeOIIda, shuningdek, Moldova ham kuzatuvchi davlat hisoblanadi.
Mavzuga oid
00:57 / 10.09.2024
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida «Agroekspress» qatnovlari bo‘yicha shartnoma imzolandi
22:17 / 09.09.2024
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida temiryo‘l qatnovi to‘liq tiklangani e’lon qilindi
18:21 / 09.09.2024
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekistonga ikki kunlik tashrif bilan keldi
22:35 / 26.08.2024