4 oktyabr kuni Özbekiston şaxmat federatsiyasining navbatdan taşqari konferensiyasi bölib ötdi.

Yiğilişda hududlardan saylangan delegatlar, federatsiya a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, şaxmat ustalari, murabbiylar hamda faxriylar iştirok etdi.

Konferensiya kun tartibiga binoan Özbekiston şaxmat federatsiyasining yangi tahrirdagi ustavi tasdiqlandi va federatsiyaning yangi rahbarlari saylandi.

Xususan, şaxmat faxriysi Sindarov Komil Oydinoviç şaxmat federatsiyasi raisining örinbosari, Yoşlar işlari agentligi direktori Sa’dullayev Alişer Zafar öğli şaxmat federatsiyasi raisining birinçi örinbosari, boş vaziri Aripov Abdulla Nigmatoviç şaxmat federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.

Qayd qiliş joiz, Alişer Sa’dullayev 2022 yildan beri şaxmat federatsiyasiga raislik qilib kelayotgan edi.

Abdulla Aripovning saylanişi 2026 yilda Özbekistonda ötkaziladigan Butunjahon şaxmat olimpiadasi bilan boğliq bölişi mumkin. Avvalroq, boş vazirga şaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik köriş böyiça taşkiliy qömitaga raislik qiliş topşirilgan edi.