Jahon | 15:17 / 17.11.2020
8960
2 daqiqa o‘qiladi

Mashhur xaker Twitter xavfsizlik xizmatiga rahbar bo‘ldi

Shu yilning iyulida Twitter servisiga keng miqyosdagi xakerlik hujumi uyushtirilgandi. Natijada AQShdagi bir nechta korporatsiya va taniqli shaxslar, jumladan, Ilon Mask, Bill Geyts, Jyeff Bezos, Uorren Baffer va Jozef Baydenning sahifalari egallab olingandi.

Foto: Getty Images

Xaker Maj taxallusi bilan tanilgan Peyter Zatko Twitter xavfsizlik xizmatiga rahbar bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Zatko bu borada izoh berarkan, servisning "axborot xavfsizligi", "yaxlitligi" va "turli nayranglar"dan himoya qilishga javobgar bo‘lganligini ma'lum qildi. Zatko Stripe to‘lov servisida ishlayotgandi.

Zatko to‘qsoninchi yillarda AQShdagi eng mashhur xakerlardan biri bo‘lgan va "O‘lik sigir kulti"  ("Cult of the Dead Cow") guruhiga kirgan. U xakerlar jamiyati nomidan AQSh hukumati va xususiy kompaniyalari bilan aloqa o‘rnatgan.

Shu yilning iyulida Twitter servisiga keng miqyosdagi xakerlik hujumi uyushtirilgandi. Natijada Amerikadagi bir nechta korporatsiya va taniqli shaxslar, jumladan, Ilon Mask, Bill Geyts, Jyeff Bezos, Uorren Baffer va Jozef Baydenning sahifalari egallab olingandi.

Avgustda 17 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan uch nafar yigitga nisbatan ushbu hujumni uyushtirish ayblovi e'lon qilindi.

Mavzuga oid