X kompaniyasining kapitallaşuvi Ilon Mask tomonidan sotib olinganidan keyin 55 foizga kamaydi. Milliarderning hisob-kitoblariga köra, hozir uning qiymati 19 milliard dollarga teng. Maskning özi ijtimoiy tarmoqni 2022 yil oktyabr oyi oxirida 44 milliardga sotib olgan. Bu haqda 30 oktyabr, duşanba kuni kompaniyaning içki hujjatlariga tayanib The Verge naşri ma’lum qildi. 

X xodimlari 30 oktyabr kuni kompaniya aksiyalarini uning yangi bahosiga köra oldi – har bir aksiya uçun 45 dollar. Hujjatlarda aytilişiça, «aksiyalarning adolatli bozor qiymati X direktorlar kengaşi tomonidan belgilanadi», u esa Mask tomonidan hali töliq şakllantirilmagan. 

X köplab foydalanuvçilar va reklama beruvçilarni yöqotdi 

2023 yil mart oyida Ilon Mask X kapitallaşuvi 20 milliard dollar ekanini aytdi. Biroq, X aksiyalariga egalik qiluvçi Fidelity moliyaviy holding kompaniyasi ma’lumotlariga köra, kompaniyaning haqiqiy qiymati 15 milliardni taşkil etgan. Bu Twitter Mask tomonidan sotib olingandagi dastlabki narxidan 65 foizga kam. 

Pew Research Center tahliliy agentligining hisob-kitoblariga köra, AQŞdagi eng faol Twitter foydalanuvçilarining 25 foizi platformadan kamroq foydalanişni va tvit yozişni boşladi. 

Guideline tahliliy firmasi tadqiqotiga köra, AQŞda X tarmoğidagi oylik reklama daromadi yiliga kamida 55 foizga kamaygan. 

Ilon Mask Twitter’ni isloh qildi 

Ijtimoiy tarmoqni qölga kiritgandan söng, milliarder foydalanuvçilarning noroziligiga sabab bölgan bir neçta qarorlar qabul qildi. 2023 yilning 1 iyulida Ilon Mask platformadagi akkaunt egalari kuniga öqişi mumkin bölgan tvitlar sonini çekladi va 25 iyulda u Twitter nomini X’ga özgartirdi. 

Sentyabr oyida milliarder ijtimoiy tarmoqda röyxatdan ötişni istagan yangi foydalanuvçilar uçun oylik pulli obunani e’lon qildi. Mask özining köpgina qarorlarini X’da botlar köpligi bilan izohladi.