Sport | 09:20 / 18.11.2018
10957
2 daqiqa o‘qiladi

Shaxmat bo‘yicha G‘arbiy Osiyo chempionati. O‘zbekiston birinchi kunda 10ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Toshkent shahrida shaxmat bo‘yicha G‘arbiy Osiyo chempionati davom etyapti. Unda 6 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar kuch sinashmoqda. Kecha, musobaqaning ilk kuni rapid bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi.

Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi 
Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi 
Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi 

O‘zbekiston jamoasi ajoyib natijani qayd etib, 48ta medaldan 34tasini, jumladan, 10ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Oltin medalni quyidagilar qo‘lga kiritdi:

1) Shahzod Islomov – 6 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar;
2) Zaynura Abrorova – 6 yoshgacha bo‘lgan qizlar;
3) Humoyun Bekmurodov – 8 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar;
4) Shahzoda Hasanova – 8 yoshgacha bo‘lgan qizlar;
5) Akobirxon Saydaliyev – 10 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar;
6) Afruza Hamdamova – 10 yoshgacha bo‘lgan qizlar;
7) Umida Omonova – 12 yoshgacha bo‘lgan qizlar;
8) Nodirbek Yoqubboyev – 16 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar;
9) Sitora Saparova – 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar;
10) Shamsiddin Vohidov – 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar.

Bugun, 18 noyabr kuni, standart shaxmat bo‘yicha chempionatning birinchi turi boshlandi. 

Mavzuga oid