Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi G‘arbiy Osiyo chempionati boshlandi
Toshkentdagi "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi G‘arbiy Osiyo chempionati start oldi.

Chempionatda mintaqaning 11 mamlakatidan kelgan 300 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Musobaqa doirasida 6, 8, 10, 12, 14, 16, 18 va 20 yoshli bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘z yosh toifalarida kuch sinashyapti.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlariga xalqaro grossmeyster, xalqaro toifadagi usta va FIDe ustasi kabi unvonlar beriladi.
Mazkur mintaqa birinchiligida O‘zbekiston sharafini turli yo‘nalishlarda jahon chempionlari Nodirbek Yoqubboyev, Humoyun Bekmurodov, Afruza Hamdamova, jahon va Osiyo chempionatlari sovrindorlari Abdimalik Abdisalimov, Bahora Abdusattorova, Ortiq Nig‘matov, Olmos Rahmatullayev va boshqa iqtidorli shaxmatchilar himoya qiladilar.




Mavzuga oid
09:10
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:12 / 05.06.2026
“Toshkentni dunyodagi eng qulay shaharlardan biriga aylantiramiz” – hokim Shavkat Umrzoqov bilan suhbat
08:41 / 05.06.2026