O‘zbekiston | 11:40 / 02.07.2024
14513
1 daqiqa o‘qiladi

Haydovchilik guvohnomasini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi

Endilikda yangi haydovchilik guvohnomasini my.gov.uz orqali onlayn rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi. Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi.

Foto: Kun.uz

Haydovchilik guvohnomasini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, endi yangi haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun sarson bo‘lib tegishli tashkilotlarga borib yurilmaydi. Bu jarayonni my.gov.uz orqali amalga oshirish mumkin bo‘ldi. Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi. Hamma ma’lumotlar tizimda mavjud. Hatto murojaat holatini real vaqtda kuzatib borsa ham bo‘ladi.

Tayyor guvohnomani eng yaqin Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki qo‘shimcha to‘lov evaziga pochta xizmati orqali uyda qabul qilib olish mumkin. 

Avvalroq notariusga bormasdan amalga oshiriladigan notarial harakat turlari ko‘paygani xabar qilingandi.

Mavzuga oid