Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazm va Jizzaxda pul evaziga haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Bir holatda 2 400 dollar va 1,2 mln so‘m, boshqasida 1 700 dollar olayotgan shaxslar qo‘lga tushgan.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Xorazm viloyati Bog‘ot tumani va Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Departamentning Bog‘ot tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.B. 5 nafar fuqaroga go‘yoki viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga fuqaro S.M.dan 2 400 dollar va 1,2 mln so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Do‘stlik tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.J. fuqaro F.B.ga o‘zini Jizzax shahridagi “D.Sh.” MChJ avtomaktabi instruktori deb tanishtirib, unga “V”, “S” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 700 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:15 / 13.01.2026
Jizzaxda maktabdan qaytayotgan o‘quvchi piyodalar yo‘lagida mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
14:57 / 07.01.2026
“Yovvoyi to‘ng‘iz deb o‘ylabman” – Jizzaxda ovchi o‘z sherigini otib qo‘ydi
16:15 / 23.12.2025
Xorazmda tadbirkor undan ish so‘rab kelgan talaba qizga shilqimlik qildi
10:54 / 18.12.2025