Bo‘zatov hamda to‘rtta tuman abituriyentlari uchun maqsadli grant o‘rinlari ajratildi
2021-2022 o‘quv yilida respublika oliy ta'lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrdaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xalq ta'limi sohasida oliy ma'lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari tasdiqlandi.
Shu asnoda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining bir nechta kunduzgi bakalavriat ta'lim yo‘nalishlarining qoraqalpoq guruhlari uchun jami 63 ta maqsadli grant o‘rni ajratildi.
Oliy ma'lumotli kadrlarga talab yuqori bo‘lgan Bo‘zatov, Mo‘ynoq, Taxtako‘pir, To‘rtko‘l hamda Ellikqal'a tumanlarida istiqomat qiluvchi abituriyentlar mazkur ajratilgan o‘rinlar bo‘yicha tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Ta'kidlash joiz, maqsadli qabul ko‘rsatkichlari tumanlar kesimida qo‘yidagicha belgilangan.
Bo‘zatov tumani uchun:
- 5110200 – Fizika va astronomiya ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 1 o‘rin;
- 5111600 – Milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 1 o‘rin;
- 5111302 – Ona tili va adabiyoti: qoraqalpoq tili va adabiyoti ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 1 o‘rin;
- 5111400 – Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 1 o‘rin.
Mo‘ynoq tumani uchun:
- 5110100 – Matematika va informatika ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 6 o‘rin;
- 5110200 – Fizika va astronomiya ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 3 o‘rin;
- 5110300 – Kimyo ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 1 o‘rin;
- 5110400 – Biologiya ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 1 o‘rin;
- 5110500 – Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 1 o‘rin;
- 5111301 – Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 1 o‘rin;
- 5111302 – Ona tili va adabiyoti: qoraqalpoq tili va adabiyoti ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 1 o‘rin;
- 5111400 – Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 1 o‘rin.
Taxtako‘pir tumani uchun:
- 5110100 – Matematika va informatika ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 2 o‘rin;
- 5110200 – Fizika va astronomiya ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 1 o‘rin;
- 5110300 – Kimyo ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 1 o‘rin;
- 5110500 – Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 1 o‘rin;
- 5111301 – Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 1 o‘rin;
- 5111400 – Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 1 o‘rin;
- 5111700 – Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 1 o‘rin.
To‘rtko‘l tumani uchun:
- 5110100 – Matematika va informatika ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 6 o‘rin;
- 5110200 – Fizika va astronomiya ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 1 o‘rin;
- 5111301 – Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 1 o‘rin;
- 5111302 – Ona tili va adabiyoti: qoraqalpoq tili va adabiyoti ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 4 o‘rin.
Ellikqal'a tumani uchun:
- 5110100 – Matematika va informatika ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 6 o‘rin;
- 5110200 – Fizika va astronomiya ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 2 o‘rin;
- 5110300 – Kimyo ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 3 o‘rin;
- 5110400 – Biologiya ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 2 o‘rin;
- 5110600 – Tarix ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 2 o‘rin;
- 5110500 – Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 2 o‘rin;
- 5111600 – Milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 1 o‘rin;
- 5111301 – Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 3 o‘rin;
- 5111400 – Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili ta'lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhiga 3 o‘rin.
Ma'lumot uchun, maqsadli qabul – bu ma'lum bir ta'lim yo‘nalishida muayyan hududlar uchun alohida ajratilgan davlat granti asosidagi qabul hisoblanadi.
Ya'ni, yuqoridagi tumanlar uchun ajratilgan o‘rinlarga boshqa tumanlarda istiqomat qiluvchi abituriyentlar maqsadli qabulda ishtirok eta olmaydi.
Shuni unutmaslik kerakki, amaldagi tartibga ko‘ra maqsadli qabul qilingan talabalarning boshqa ta'lim yo‘nalishi yoki shakliga, boshqa OTMga o‘qishini ko‘chirishi hamda qayta tiklash to‘g‘risidagi arizasi rad etiladi.
Maqsadli qabul kvotalari uchun quyidagi kategoriyadagi abituriyentlar hujjat topshira oladi:
- maqsadli qabul belgilangan hududda doimiy yashaydiganlar (pasportdagi ma'lumoti bo‘yicha);
- umumiy o‘rta maktabni bitirganligi to‘g‘risida tegishli hujjatga ega bo‘lganlar (10-11-sinf asosida);
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ma'lumoti to‘g‘risidagi tegishli hujjatga ega bo‘lganlar.
Mavzuga oid
17:46 / 23.08.2024
Yakuniy mandatda abituriyentlar nechanchi o‘rinda turganini ko‘rish imkoniyati ochildi
12:33 / 17.08.2024
Natijasidan norozi abituriyentlar uchun apellyatsiya sanalari ma’lum qilindi
16:27 / 19.09.2023
Bo‘zatovda maktablar oldida emas, tuman bo‘yicha umuman svetofor yo‘qligi ma’lum bo‘ldi
19:34 / 30.08.2023