2022 yilgi statistikaga köra, Qoraqalpoğistonda va bir qança viloyatlarda 2 mingdan ortiq yöl kesişmalarida svetofor va yöl belgilari örnatilmagani aniqlangan.

Şu yilning 15 sentabr kuni Bözatov tumaniga qaraşli ixtisoslaştirilgan maktab öquvçilari ötişi kerak bölgan yöl qismiga svetofor yoki tezlikni pasaytiruvçi tösiqlar va belgilar örnatilmagani aniqlandi.

«Maktab katta yölga yaqin joylaşgan, şuningdek markaziy bozorga ham yaqin. Ayniqsa, haftaning juma kuni tumanda «bozor kuni» bölgani uçun yöllarda transport vositalari keskin köpayadi», — deydi maktab öquvçilaridan biri.

Maktabda 5–11-sinfgaça bölgan öquvçilar ikki smenada öqiydi. Ertalabki va tuşdagi vaqtda navbatçi muallimlar qöllariga qizil bayroq kötarib öquvçilarni yöldan ötkazib qöyadi.

Bözatov tumani hokimligi matbuot xizmati boşliği Rustam Jangabergenov bergan ma’lumotga köra, haqiqatan ham maktab yölida tezlikni pasaytiruvçi belgilar yoki tösiqlar örnatilmagan. «Tuman böyiça haligaça svetofor yöq», — deydi Jangabergenov.

Tuman hokimligi ikki yildan beri uşbu masala böyiça «Open budjet»ga taşabbus kiritib kelayotganini ma’lum qildi.

Hozir tuman böyiça 4 ta joyga: Berdaq guzari – Qoraqalpoğistonning 60 yilligi köçalari kesişmasi, Amir Temur – Qoraqalpoğistonning 60 yilligi, Berdaq guzari – A.Dosnazarov köçalari kesişmalariga 3 komplekt va ixtisoslaştirilgan maktab oldidagi yölga svetofor örnatilişi uçun jami 600 mln söm ajratilişi taklif qilingan.

Taşabbusli budjetga qöyilgan loyihalar.

«Svetofor masalasi böyiça tuman aholisidan köplab murojaatlar kelib tuşmoqda. Hozirgi kunda tumanda içki yöllarda önlab işlar amalga oşirilmoqda, lekin, svetofor örnatiş uçun mablağ ajratilmagan», — deydi Bözatov tumani hokimining yoşlar siyosatini ijtimoiy rivojlantiriş va madaniy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari Nizamatdin Töremuratov.

Qayd etib ötiş joiz, yil boşidan beri tumanda bolalar iştirokida birorta ham YTH sodir etilmagan.