Qashqadaryoda o‘g‘rilik sodir etgan shaxs ishni yopish uchun IIB xodimiga pora bermoqchi bo‘ldi
Qashqadaryo viloyatida temir yo‘l izlarini o‘rab turuvchi panjaralarni o‘g‘irlagan shaxs ishni yopish uchun IIB xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, G‘uzor-Qamashi temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 55-60 kilometrida joylashgan, temir yo‘l izlarini o‘rab turuvchi har birining uzunligi 1,5 metr bo‘lgan temir panjara va ustunlar yo‘qolgan. Holat bo‘yicha Qashqadaryo viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi “Toshguzar” bekatidagi bo‘linma HPG katta inspektori mayor Sh.Qodirov surishtiruv ishlari olib borgan.
Surishtiruvlar davomida temir panjara va ustunlarni Qarshi temir yo‘l ta'mirlash korxonasi brigadiri, Qamashi tumanida yashovchi D.A. hech qanday hujjatlarsiz olib ketgani aniqlangan. D.A.ning uyidagi qo‘shimcha xonalardan biriga xashak ostiga yashirib qo‘yilgan temir panjara va ustunlar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Siri fosh bo‘lib qolgach, fuqaro D.A. to‘plangan hujjatlarni tergov organiga o‘tkazmaslik uchun profilaktika inspektoriga 200 AQSh dollari miqdorida pora taklif qilgan. Mayor Sh.Qodirov fuqaroning bu xatti-harakatlari qonunga zidligini tushuntirsa-da, D.A. unamagan.
Shundan so‘ng, holat yuzasidan Transportda XTB JQB boshlig‘i mayor A.To‘rayev IIV ShXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan.
Mayorning bildirgisiga asosan, 2021 yil 27 noyabr kuni IIV ShXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Qarshi transport prokuraturasi xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqaro D.A. Transportda XTB ma'muriy binosida A.To‘rayev va Sh.Qodirovga 200 dollarni pora tariqasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Qarshi transport prokuraturasi tomonidan fuqaro D.A.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
19:09 / 28.10.2024
“Ko‘p miqdorda jarimam bor edi” – Samarqandda pora olgan IIB xodimi qamaldi
20:03 / 09.10.2024
Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisiga qidiruv e’lon qilindi
17:35 / 03.10.2024
Sirdaryoda nogiron bolaning onasidan tibbiy xulosa uchun pul olgan shifokorga hukm o‘qildi
21:10 / 20.09.2024