Sirdaryo viloyatidagi köp tarmoqli markaziy poliklinika vraçi nogiron bolaning onasidan tibbiy xulosa uçun pul olayotganda uşlangan. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, psixionevrolog şifokori N. özi davolayotgan nogiron bolaning soğliği böyiça tibbiy xulosani Asab va ruhiy kasalliklar dispanseri komissiyasidagi tanişlari orqali töğrilab berişni aytib, uning onasidan bir mln söm olayotganda huquq-tartibot organlari tomonidan qölga olingan.
Dastlabki suriştiruvda u bu qilmişini bemor bolaning onasiga yordam sifatida qilganini aytgan. Şifokorning bu qilmişi jinoyat sifatida baholanib, jinoyat işlari böyiça Yangiyer şahar sudida körib çiqilgan.
Sudda bemor bolaning onasi şifokor öz vakolati dorisida doimiy ravişda unga yordam körsatganini, lekin bu safar undan pul söraganini, öğlining dori-darmonlari uçun pul topolmay turganini aytsa-da, u avval pulni olib kelsang, keyin işni bitirib beraman, deganini aytgan.
Şifokor bu işi jinoyat ekanini tuşunib, sud majlisida qilgan işidan puşaymonligini bildirgan.
Qayd etilişiça, sud Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan aybdor deb topilgan şifokorni soğliqni saqlaş tizimida hamda mansabdor va moddiy javobgarlik vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qilgan.
Şuningdek, unga BHMning 55 barobari (1 oktyabrdan 20 625 000 söm böladi) miqdorida jarima hamda 2 yil-u 6 oy 10 kun muddatiga ozodlikdan çeklaş jazosi tayinlangan.







