Qoraqalpog‘istonda koronavirus bilan kasallangan 66 nafar bemor og‘ir ahvolda
30 avgust soat 11:00 holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston bo‘yicha koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar soni 1 651 nafarni tashkil qilmoqda. Shundan 242 bemor statsionar sharoitda davolanmoqda.
Ularning ichida:
98 nafar bemor – Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugda tashkil qilingan Nukus maxsus tibbiyot kompleksida;
76 nafar bemor – Respublika ftiziatriya va pulmonologiya markazida;
68 nafar bemor – Beruniy tumanidagi «Pedagogika kolleji sport kompleksi»da davolanmoqda.
Qoraqalpog‘iston SSVga ko‘ra, shulardan 66 nafar bemorning ahvoli og‘ir, 8 nafar bemor juda og‘ir ahvolda, 157 nafar bemorning ahvoli o‘rtacha, 11 nafar bemorning ahvoli qanoatlanarli deya baholangan.
Qo‘shimcha qilinishicha, bemorlar dori-darmon va 5 mahal issiq ovqat bilan ta'minlangan.
Shuningdek, 1409 nafar bemor – koronavirusning yengil simptomlari bilan uy sharoitida hududiy poliklinikalar nazorati ostida davolanyapti.
Ma'lumot uchun, Qoraqalpog‘istonda bugungacha 13 454 nafar bemor sog‘aygan.
Mavzuga oid
10:30 / 10.11.2024
Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda piyoda vafot etdi
18:32 / 28.10.2024
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
21:17 / 25.10.2024
Qo‘ng‘irot–Beyneu yo‘lining 240 kilometrlik qismi foydalanishga topshirildi
12:10 / 25.10.2024