O‘zbekiston | 08:30 / 30.07.2018
5836
1 daqiqa o‘qiladi

Ilk marta Dushanbe-Buxoro yo‘nalishida parvozlar amalga oshiriladi

Foto: Today.tj

Tojikistonda 2018 yilga «Xalq hunarmandchiligi va turizmni rivojlantirish» nomi berilgach, Tojikistonning «Somon Eyr» aviakompaniyasi Buxoroga muntazam aviaqatnovni boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, aviakompaniya tarixida ilk marta Dushanbe-Buxoro-Dushanbe yo‘nalishidagi aviaqatnovlar tez orada yo‘l qo‘yiladi.  

Bundan tashqari, Tojikistonning «Tajik Air» milliy aviakompaniyasi Dushanbe-Samarqand-Dushanbe yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda.

Chiptaning narxi 684 somoni (taxminan 568 ming so‘m)ni tashkil etadi. Aviaqatnovning ikkinchi reysi 4 avgustga rejalashtirilgan.

Mavzuga oid