Tojikistonning “Tajik Air” milliy aviakompaniyasi Duşanbe-Samarqand-Duşanbe yönalişida aviaqatnovlarni yölga qöymoqda. 

“Zarafşon” naşrining yozişiça, ilk parvoz 28 iyulda Boeing 737-300 avialaynerida amalga oşiriladi.

Aviakompaniya matbuot-xizmati ma'lumotlariga köra, samolyot Duşanbe xalqaro aeroportidan soat 9:00da havoga kötariladi. Parvoz vaqti 45 daqiqani taşkil etadi.

Çiptaning narxi 684 somoni (taxminan 568 ming söm)ni taşkil etadi.

Ikkinçi reys 4 avgustga rejalaştirilgan.