23:16 / 21.04.2019
64782

Zelenskiy possovet davlatlarga yuzlandi: Bizga qarang - hamma ishning imkoni bor

Ukraina prezidentligi uchun nomzod Vladimir Zelenskiy saylovning ilk natijalari e'lon qilinganidan keyingi murojaatida possovet davlatlariga yuzlandi va bu hududlarda yashovchilarni «barchasi mumkinligi»ga ishonishga chaqirdi.

«Sobiq SSSRning barcha davlatlari. Bizga qarang — hamma ishning imkoni bor», degan u.

Zelenskiy shuningdek, kimga ovoz berishidan qat'i nazar saylovda ishtirok etib, erkin tanlovini amalga oshirgan barcha ukrainaliklarga minnatdorchilik bildirdi va o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlashga va'da berdi.

Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidentligi uchun saylovlarning ikkinchi turida 73 foizdan ortiq ovoz olib, raqibi - amaldagi prezident Petro Poroshenkodan ustun keldi. Poroshenko saylovdagi mag‘lubiyatini tan oldi, u prezidentlikdan ketsa-da, siyosatdan ketmasligini ma'lum qildi.

Mavzu
Ukrainada prezidentlik saylovlari
2019 yilning 31 martida Ukrainada prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. Saylovda ishtirok etish uchun 44 nomzod, shu jumladan mamlakatning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenko hujjat topshirgan.
Barchasi
Mavzuga oid
Top