Ukraina sudi davlat yerlarini noqonuniy egallab olganlikda ayblanayotgan mamlakat agrar siyosat va oziq-ovqat vaziri Nikolay Solskiyni 24 iyungaça hibsga olişga qaror qildi. Şu bilan birga, sud 75,7 million grivna (1,9 million dollar) miqdorida garov belgiladi. Solskiy 12 yilga ozodlikdan mahrum etilişi mumkin, deb xabar berdi Reuters 26 aprel, juma kuni. Vazir öz aybini tan olmayapti. 

Ta’kidlanişiça, gap 2017 yildan 2021 yilgaça, ya’ni Nikolay Solskiy 2022 yil mart oyida agrosiyosat vaziri lavozimiga tayinlanişidan oldin sodir etilgan bölişi mumkin bölgan jinoyat haqida ketmoqda. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy byurosi ma’lumotlariga köra, Solskiy 291 million grivna (7,35 million dollar) qiymatidagi davlat yerlarini noqonuniy ravişda egallab olgan va qiymati 190 million grivna (4,8 million dollar)ga teng yerni olişga uringan. 

Jinoiy sxema doirasida ikki davlat şirkatidan yerlar noqonuniy olib qöyilgan va uruş faxriylariga ayrim xususiy firmalarga ijaraga beriş şarti bilan taqdim etilgan, deb hisoblaydi prokuror. Nikolay Solskiy va uning advokati 25 aprel kuni bölib ötgan sud majlisida u bunday sxemadan foyda olmaganini aytdi. 

Solskiyning iste’foga çiqiş arizasi 

Bir kun avval Ukraina Oliy radasi spikeri Ruslan Stefançuk Facebook’da Solskiy iste’foga çiqqanini ma’lum qilgan edi. Stefançuk fotonusxasini özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilgan ariza bölajak yalpi majlislardan birida körib çiqiladi, deyiladi postda. 

Iste’fo Ukraina parlamenti tomonidan tasdiqlanmagunça, Solskiy rasman vazir lavozimida qoladi.

Zelenskiyning kabinetidagi korrupsiya mojarolari 

Reuters xabariga köra, Nikolay Solskiy Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy kabinetida korrupsiya işi böyiça gumonlanuvçiga aylangan birinçi vazir böldi. 

2023 yilning yozida Ukrainaning öşa paytdagi mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov atrofida korrupsiya mojarosi avj oldi. Xususan, Ukraina OAV 2022 yil oxirida mamlakat Mudofaa vazirligi turk kompaniyasi bilan harbiy xizmatçilar uçun qişki kiyim-keçak yetkazib beriş böyiça şartnoma tuzgani, biroq Ukrainaga jönatiş narxi uç baravarga oşgani haqida yozgan. Öşanda Reznikovning özi bunday ma’lumotlarning tarqalişi «jamiyatni çalğitişi» haqida aytdi. 

Bundan oldinroq, 2023 yil yanvarida Ukrainadagi bir qator yuqori martabali harbiy amaldorlar harbiy xizmatçilar uçun oziq-ovqat supermarketlardagidan 2-3 baravar qimmatroq narxda xarid qilingani yuzasidan jurnalistik suriştiruvdan söng öz lavozimlaridan çetlaştirildi. Reznikov öşanda korrupsiyaga qarşi kuraş organlari faoliyatidagi «muvaffaqiyatsizlik»ni tan oldi.