Rossiyada migrantlar hujjatlarining amal qilish muddati kelasi yil yozigacha uzaytirilishi mumkin
Vladimir Putinning farmoniga ko‘ra, xorij fuqarolari mamlakatda bo‘lib turish muddati yakuniga yetgan taqdirda ham Rossiyada qolishlari mumkin.
Rossiya prezidentining xorij fuqarolari hujjatlarining amal qilish muddatini cho‘zish to‘g‘risidagi farmoni kelasi yil yozigacha uzaytirilishi mumkin. Bu haqda Rossiya IIV migratsiya bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Kirill Adzinov ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda ushbu farmonning amal qilish muddatini yana yarim yilga uzaytirish ustida ish olib borilmoqda.
«Biz prezident ma'muriyati bilan farmonning uzaytirilishi ustida ishlamoqdamiz. U kelasi yil yoziga qadar uzaytirilishi mumkin», - dedi Kirill Adzinov.
Vladimir Putinning farmoniga ko‘ra, xorij fuqarolari mamlakatda bo‘lib turish muddati yakuniga yetgan taqdirda ham Rossiyada qolishlari mumkin.
Ularning registratsiya, patent, yashash uchun guvohnomalari muddati o‘tgan deb hisoblanmaydi, xorijliklar mamlakatdan chiqarib yuborilmaydi.
Farmon koronavirus pandemiyasi va chegaralar yopilishi sababli chiqarilgandi. Putin farmonni 18 aprelda imzolagan hamda uning amal qilish muddati dastlab 15 sentyabrgacha, so‘ngra 15 dekabrgacha uzaytirilgandi.
Mavzuga oid
18:18 / 16.11.2024
Rossiyada migrantlarni nazorat etadigan «Migrant ID» joriy qilinishi mumkin
17:51 / 15.11.2024
Rossiyaning Samara oblastida migrantlar uchun patent narxi 1,5 baravar oshirildi
16:52 / 15.11.2024
Rossiyaning Saxalin oblastida migrantlarga 24 ta sohada ishlash taqiqlandi
15:19 / 15.11.2024