Sanoati rivojlangan mamlakatlarga immigratsiya yangi yuqori darajaga yetdi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (IHTT) 14 noyabr, payşanba kuni Parijda tegişli tadqiqot natijalariga tayanib xabar berişiça, 2023 yilda IHTTning 38 davlatiga doimiy yaşaş uçun kirib kelgan kişilar soni 6,5 millionni taşkil qildi. Immigratsiyaning maksimal darajasi ketma-ket ikkinçi yil qayd etildi.

IHTTda uzoq muddatli immigratsiya kölami böyiça yetakçi AQŞ bölib qolmoqda, bu yerga 2023 yilda 1,2 million kişi doimiy yaşaş uçun kelib kelgan (2006 yildan beri eng yuqori körsatkiç). Biroq, immigrantlarning taxminan 43 foizi IHTT mamlakatlariga ularda qoliş huquqiga ega bölganlarning oila a’zolari sifatida kirdilar.

Boşpana sörovçilar soni ortdi

IHTT mamlakatlarida boşpana sörovçilar soni ham 2023 yilda yangi yuqori darajaga yetib, 2,7 million kişini taşkil qildi, bu ötgan yilga nisbatan 30 foizga köp. Taşkilot ma’lumotlariga köra, 676 ming kişi boşpana olgan, bu 2022 yilga nisbatan 15 foizga köp. Uning ma’lumotlariga köra, Qöşma Ştatlarda birinçi marta boşpana sörab murojaat qilganlar IHTTga a’zo Yevropa barça mamlakatlarni jamlagandan köra köproq böldi. Venesuela, Kolumbiya va Suriya fuqarolari boşpana sörab eng köp ariza topşirgan.

Germaniya 2023 yilda deyarli 670 ming muhojirni qabul qildi, bu bir yil avvalgidan çorakka köproq. Ularning aksariyati Ukraina, Ruminiya va Polşadan kelgan. Öşa yili Germaniyadan 329 mingga yaqin kişi boşpana söragan, bu bir yil avvalgiga nisbatan 51 foizga köp. Germaniyadan boşpana söraganlarning aksariyati Suriya, Turkiya va Afğoniston fuqarolaridir.

Ötgan yili Germaniyada jami 15,2 million çet elda tuğilganlar yaşagan, bu aholining qariyb 18 foizini taşkil qiladi. Ulardan 669 ming kişi, asosan, Ukraina, Ruminiya va Polşadan 2022 yilda kelgan. Eng katta guruh — Germaniyadagi barça muhojirlarning 10 foizi — polyaklardir. Ikkinçi va uçinçi örinlarda Turkiya (9 foiz) va Rossiyadan (7 foiz) kelgan muhojirlar.