O‘zbekiston va Rossiya o‘zbek dehqonlariga Rossiya qishloq xo‘jaligi yerlarini ajratish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Hosil O‘zbekistonga olib ketiladi
O‘zbekiston va Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari o‘zbek agrarchilari uchun Rossiya qishloq xo‘jaligi yerlarini ajratish imkoniyatlarini muhokama qildi.
2021 yil 1 oktyabr kuni O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir Jamshid Xo‘jayevning Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning departamentlari vakillari bilan video-muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Rossiya tomonidan muzokaralarga Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sergey Levin boshchilik qildi.
Ikki tomonlama onlayn-uchrashuvning asosiy maqsadi: Rossiya hududida bir necha turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun O‘zbekiston korxonalari uchun yer taqdim etish masalalarini muhokama etishdan iborat bo‘ldi.
«Ushbu uchrashuv shu yilning iyun oyida ikki hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning Moskvadagi ikkinchi yig‘ilishi doirasida Dmitriy Patrushev bilan o‘tkazilgan muzokaralarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Biz o‘zbek tadbirkorlari tomonidan bir qator qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilishi uchun Rossiyada yer ajratish va hosilning O‘zbekistonga olib ketilishi masalasi yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishgan edik. Bunda aynan Rossiyada yetishtirish uchun tabiiy tuproq-iqlim sharoitiga mos bo‘lgan moyli ekinlar, soya, bug‘doy singarilar nazarda tutilmoqda», deya ta'kidladi Jamshid Xo‘jayev.
2021 yilning avgust oyida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi Rossiya tomonga qishloq xo‘jaligi ekinlari ro‘yxati va maydonlarni qayta ishlash uchun talab etiladigan dastlabki hisob-kitoblarni yuborgan.
«Hozirgi bosqichda biz aloqa o‘rnatish va o‘zaro ta'sir mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish hamda amaliy jihatdan tayyor bo‘lish maqsadida ushbu loyihani 35 ming gektar maydonda ishga tushirishni taklif etmoqdamiz. Yaqin yillarda ushbu maydonlarni bosqichma-bosqich 300-500 ming gektargacha kengaytirish, istiqbolda esa 1 million gektargacha yetkazishdan manfaatdormiz. Ushbu hamkorlikdagi qo‘shma loyiha bilan o‘rinbosarim Anvar Asomov va boshqarmalar boshliqlaridan iborat jamoa bevosita shug‘ullanadi. Biz sohani rivojlantirish va ikki davlat fuqarolari farovonligini oshirish maqsadida yangi hamkorlik nuqtalarini topish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga tayyormiz», dedi vazir Jamshid Xo‘jayev.
Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sergey Levin va uning hamkasblari qishloq xo‘jaligi aylanmasiga kiritish uchun 8-13 million gektar maydon mavjudligini ta'kidlagan va Rossiyaning 23 ta sub'yekti O‘zbekiston-Rossiya loyihasini qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdor ekanligini bildirgan.
Uchrashuv doirasida tomonlar yer uchastkalarini ajratishga doir muayyan masalalarni, jumladan o‘zbekistonlik sheriklarga qishloq xo‘jaligi yerlarini uzoq muddatli ijaraga berish shartlarini muhokama qildi.
Mavzuga oid
21:49 / 16.12.2024
AQSh KXDR va Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi
20:32 / 16.12.2024
“Yo deport bo‘lasan, yo armiyaga qo‘shilasan deyishdi” – Moskvaga o‘qishga borib, urushda qatnashgan talabaga hukm o‘qildi
19:00 / 16.12.2024
Bashar Asad Suriyadan qochganidan buyon ilk bor bayonot berdi
18:12 / 16.12.2024