Moskva oblastidagi Kotelniki şahrida Rossiyada işlab çiqariladigan qanotli raketalar va dronlarni modernizatsiya qiliş bilan şuğullangan «Mars» konstruktorlik byurosi boş konstruktori örinbosari Mixail Şatskiy otib ketildi. Qotillik Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka boş boşqarmasi tomonidan taşkillaştirilgan, deb yozadi Hromadske.
«Rossiya harbiy-sanoat majmuasini rivojlantirişda u yoki bu tarzda iştirok etgan va şu tariqa Rossiyaning Ukrainaga bölgan tajovuzini qöllab-quvvatlovçi har bir şaxs Mudofaa kuçlari uçun qonuniy nişon hisoblanadi», — deydi naşr suhbatdoşi.
Avvalroq Ukraina Razvedka boş boşqarmasining Şatskiy ölimiga aloqadorligi töğrisida jurnalist Aleksandr Nevrozov xabar bergan va uning jasadi suratini e’lon qilgandi. Nevrozovning sözlariga köra, muhandis X-59 «Ovod» qanotli raketalar modernizatsiyasi bilan şuğullanib kelgan.
Şatskiy 10 dekabr kuni öldirilgan, qotillik buyurtma qilingan bölişiga oid versiya körib çiqilmoqda. Politsiya holat böyiça izoh berişdan boş tortgan.
Şatskiy — texnika fanlari nomzodi. Şuningdek, u Moskva aviatsiya institutining uçuvçisiz boşqariladigan va atmosfera uçiş apparatlarining bort avtomatikasi kafedrasida dars bergan. «Mars» konstruktorlik byurosi kafedraning bazaviy korxonasi hisoblanadi.
Ma’lumotlarga köra, baza «Rostex»ga böysunadi va Ukrainaga zarbalar berişda muntazam foydalaniladigan X-55, X-59, X-101 va boşqa raketalar uçun boşqaruv tizimlarini yaratiş bilan şuğullanadi. Masalan, 2024 yil aprel oyida rossiyalik harbiylar Kiyevdagi eng katta issiqlik elektrstansiyasiga X-69 raketalarini uçirgan. Oktyabr oyida Defense Express portal rossiyaliklar kassetali jangovar qismga ega X-69ʼdan foydalanişni boşlagani haqida yozgan. UQK Havo kuçlari bunday turdagi raketalar yöq qilingani töğrisida oxirgi marta 11 dekabrda xabar bergan — öşanda Denopropetrovsk oblasti uzra ikkita snaryad urib tuşirilgan.

















