Milliy hunarmandchilik mahsulotlari bo‘yicha «Marg‘ilon brendi» yaratiladi
«Marg‘ilon shahrida hunarmandchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Savdo-sanoat palatasi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, «Hunarmand» Uyushmasi va Turizm qo‘mitasining jahon bozorida milliy hunarmandchilik mahsulotlari nufuzini oshirish maqsadida «Marg‘ilon brendi»ni yaratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi.
O‘zbek milliy urf-odati, tarixiy an’analarini, Farg‘ona vodiysining hunarmandchilik mahsulotlarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan «Marg‘ilon brendi»ni ishlab chiqish bo‘yicha manfaatdor tashkilotlardan iborat ishchi guruh, 2024 – 2025 yillarga mo‘ljallangan ko‘rgazma, festival yarmarkalarda «Marg‘ilon brendi»ni targ‘ib qiluvchi tadbirlar ro‘yxati tasdiqlanadi.
Farg‘ona viloyati hokimligi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, «Hunarmand» uyushmasi ishchi guruh vakillari bilan birgalikda chuqur tahliliy ma’lumotlar asosida «Marg‘ilon brendi» loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazadi.
«Marg‘ilon brendi»ni yaratishda quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilishi belgilanadi:
- «Marg‘ilon brendi»ni ishlab chiqishda o‘zbek xalqining boy tarixi, milliy hunarmandchilik an’analari bilan uyg‘un holda aks etishi hamda Farg‘ona vodiysi tashrif qog‘ozlaridan bo‘lgan atlas va adras, do‘ppichilik kabi hunarmandchilik mahsulotlari belgilaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratish;
- hunarmandchilik sub’yektlarining «Marg‘ilon brendi» ostida mahsulotlar ishlab chiqarishi hamda ushbu mahsulotlarni turizm reyestriga kirgan hunarmandchilik obektlari va turizm yo‘nalishidagi savdo shoxobchalarida realizatsiya qilishiga ko‘maklashish;
- 2024–2025 yillarda xorijiy davlatlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan ko‘rgazma-yarmarka va festivallarda «Marg‘ilon brendi» ostida mahsulot ishlab chiqaruvchi hunarmandlarning keng ishtirokini ta’minlash.
Farg‘ona viloyati hokimligi «Hunarmand» uyushmasining har ikki yilda Qo‘qon shahrida o‘tkaziladigan Xalqaro hunarmandchilik festivali doirasida «Atlas bayrami» an’anaviy to‘qimachilik festivali o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.
Mavzuga oid
15:16 / 24.11.2024
Farg‘onada noqonuniy valuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
20:58 / 19.09.2024
Marg‘ilonda “Atlas bayrami” xalqaro festivali boshlandi
16:28 / 17.08.2024
Toshkentda milliy hunarmandchilik namunalari ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tmoqda
08:40 / 25.07.2024