“Toşkent suvenirlari” körgazma-savdosi hunarmandçilikni yanada rivojlantiriş, işlab çiqargan suvenir turlarini kengaytiriş va ularning ommabopligini aniqlaş, sifat va dizayni ustida iş olib boriş, çet ellik mehmonlarning mahsulotlarga bölgan talab va ehtiyojlarini örganişdan iborat. Tadbir ayniqsa yoşlar örtasida nomoddiy madaniy merosimizning ahamiyati va uni saqlab qoliş xususida tuşuntiriş işlarini olib boriş, milliy va xalqaro darajadagi suvenirlarni tarğib qiliş, fikr va tajriba almaşiş uçun zamin böladi.
Körgazma-savdoda hunarmandçilik mahsulotlari savdosi taşkil qilindi. Unda 200 nafarga yaqin eng mohir hunarmandlarning noyob asarlarini tomoşa qiliş bilan birgalikda xarid qiliş ham mumkin. Bu asarlar tabiiy mahsulotlardan qölda tayyorlangan bölib, ular hunarmandning qalb qöri, köz nuri hamda xalqimizning orzu-istaklari va ming yillik an’analarini özida mujassam etgan. Körgazma-savdoda iştirokçilar hunarmandlar tomonidan mahorat darslarini kuzatiş va bevosita iştirok etiş imkoniyatiga ega böldi. Tadbirlarda qatnaşiş istagini bildirgan mehmonlar öz qöllari bilan loydan köza yasab körişlari, ipakdan mato töqişlari, döppiga naqş berib körişlari, beşik yasaş jarayonlarida bevosita iştirok etişlari mumkin.
Özbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyuşmasi tomonidan 2024 yilning I yarim yilligi davomida 112 nafar hunarmandlarga 9 ta xorijiy tadbirlarda iştirok etişga kömaklaşildi va buning natijasida 620,0 ming dollarlik hunarmandçilik mahsulotlari eksportiga erişildi.

Joriy yilning 6 oyi davomida hunarmandçilik yönalişi böyiça jami 13 ta tadbirlar ötkazilib, şundan, 4 tasi xalqaro hamda 9 tasi respublika miqyosidagi turli hunarmandçilik körgazmalari va körgazma-savdolarini taşkil etadi.
Subsidiya turlari böyiça joriy yil 1-yarim yillikda “Hunarmandçilik va kasanaçilikni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi” hisobidan jami 11,9 ming nafar işsiz, kam ta’minlangan va uyuşma a’zolariga 22,3 mlrd söm subsidiya mablağlari ajratilişi rejalaştirilgan. Haqiqatda jami 2,5 ming nafar fuqarolarga 2,7 mlrd söm mablağ ajratildi (12,1 foiz).

Şuningdek an’anaviy usta şogird maktablari soni 2,7 mingtani taşkil etgan bölib, maktablarda 10,2 ming nafar şogirdlar hunar örgangan.











