16:17 / 05.07.2019
22045

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tabrikladi

Foto: akorda.kz

Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevga tug‘ilgani kuni va Poytaxt kuni munosabati bilan xorijiy davlat rahbarlaridan tabriknomalar kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ta'kidlashicha, o‘zbek xalqi Nazarboyevni buyuk davlat arbobi va jahon miqyosidagi qobiliyatli siyosatchi sifatida chuqur hurmat qiladi, u mamlakati va xalqiga fidokorona xizmat qilishga o‘zini butunlay bag‘ishladi.

«Qozog‘iston uchun aynan Siz - noyob insoniy fazilatlar, chuqur bilim, bebaho kasbiy va hayotiy tajribaga ega bo‘lgan tug‘ma yetakchi tarixning eng murakkab, muhim davrida davlat kelajagini o‘z zimmangizga olganingiz hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi.

Qozog‘iston Respublikasi birinchi prezidenti - Elboshi sifatida Sizning Qozog‘iston davlatchiligi, suvereniteti hamda mamlakat mustaqilligini mustahkamlash borasidagi tarixiy missiyangiz bo‘yicha obektiv yuqori baholarni to‘la qo‘llab-quvvatlayman», - deyiladi telegrammada.

Mavzuga oid
Top