Qozoğistonda sud sobiq iqtisodiyot vaziri Quandiq Bişimbayevni rafiqasini öldirgani uçun 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş töğrisida hukm çiqardi.

Bişimbayev öta şafqatsizlik va qinoqlar bilan qotillik sodir etiş moddalari böyiça aybdor deb topilgan. Iş hakamlar hay’ati iştirokida körib çiqildi.

Bişimbayevning amakivaççasi Baqitjan Bayjanov esa jinoyatni yaşiriş va jinoyat töğrisida xabar bermaslikda ayblanib, tört yilga qamalgan.

2023 yil noyabrda Bişimbayev rafiqasi Saltanat Nukenova bilan bahslaşib qolganidan keyin öziga tegişli bölgan «Bau» restoranida uni ölguniça kaltaklagan. Ayblov tomoni versiyasiga köra, sobiq vazir «öta raşkçi» bölib, rafiqasining qadamini kuzatgan, unga işlaşni taqiqlagan hamda «unga nisbatan muntazam ravişda jismoniy kuç işlatgan». Bişimbayevning özi sud jarayoni davomida rafiqasini kaltaklaganini tan olgan (bunga videodalillar keltirilgan), ammo qotilligiga iqror bölmasdan, rafiqasi yiqilib jarohat oliş oqibatida jon berganini aytgandi.

  • Bişimbayev işi Qozoğistonda oilaviy zöravonlikka duçor bölganlarni qonun bilan himoya qiliş zarurati töğrisidagi jamoatçilik muhokamasini kuçaytirgandi. Mamlakatda zudlik bilan oiladagi zöravonlik va qasddan badanga yengil şikast yetkaziş uçun jazoni kuçaytirişni nazarda tutuvçi qonun qabul qilindi.
  • Bişimbayev 2016 yilda bir neça oy davomida Qozoğiston iqtisodiyot vazirligini boşqargan. 2018 yilda u korrupsiya böyiça ayblanib, 10 yilga qamalgan, ammo bir yarim yil ötganidan keyin jazodan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilingandi.