Jamiyat | 14:08 / 28.07.2021
7002
2 daqiqa o‘qiladi

“Uch farzandim yetim bo‘lmasin” – ikkala buyragi qurigan ota hayotga qaytishni xohlaydi

Xastalik...Kutilmaganda keladigan yov. Inson zoti tirikchilik g‘amida, bola-chaqa tashvishida goho o‘zini unutadi. To‘satdan kelgan dard esa har qanday insonni ojiz ahvolga soladi. Beshariqlik Dilmurod Mo‘minov pul topib oila tebratish uchun bir qancha muddat xorijda ishladi. Lekin salomatligida yuz bergan muammolar sabab O‘zbekistonga qaytishga majbur bo‘ldi.

Unga Rossiyada ishlab yurgan vaqtida glomerulonefrit tashxisini qo‘yishgan, ya'ni buyraklarning murakkab kasalligi aniqlangan.

“Jiyanim yaxshi niyatlar bilan uy qurish, o‘g‘liga to‘y qilish uchun Rossiyaga ishlagani ketgandi. U yerda sovuq kunlarda qor kurash, quduq qazish bilan shug‘ullanib yurgandi. Mazasi qochib shifokorga ko‘rinsa, ikkala buyragi quriyotganini, O‘zbekistonga qaytib zudlik bilan davolanishi kerakligini aytishibdi. Kelgandan beri davolanyapti. Lekin ikkala buyraginiyam almashtirish kerak ekan. Singlisi bilan ukasi donorlik qilishmoqchi” deydi ammasi Ofiyat O‘lmasova.

Bemorning onasi Mahbubaxon Mo‘minovaning aytishicha, ushbu operatsiya uchun ularda mablag‘ yo‘q.

“O‘g‘limning uch farzandi yetim bo‘lib qolmasin. Bor-yo‘g‘imizni bolamning davolanishiga sarflab, operatsiyaga kelganda yaxshilarning yordamiga muhtoj bo‘lib qoldik” deya ko‘z yosh to‘kadi onaizor.

Hamisha bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan, yiqilganni yo‘lda qoldirmaydigan saxovatpesha xalqimizdan bu safar ham umidlarimiz katta. Savob amallarni ko‘paytirish ilinjidagi vatandoshlarimiz ko‘pligiga, ularning savoblari qabul, duolari mustajob bo‘lishiga ishonamiz. Zero, qilingan ehsonlar ming barobar ortig‘i bilan qaytgusidir.

Dilmurod Mo‘minovga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 0204 3520 1764 onasi Mahbubaxon Mo‘minova nomida

Sberbank: 4817 7601 1727 0797 Dilmurod Mo‘minov nomida

Telefon: +998995377583

Mavzuga oid