AQShda shahar hokimiyati 12 yoshli bolaning xayriya do‘konini yopdi. Aholi bola uchun 20 ming dollar yig‘ib berdi
Bola xayriya do‘konidan tushadigan pullarni rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni qo‘llab-quvvatlaydigan mahalliy xokkey jamoasi uchun to‘plashni reja qilgandi.

Foto: AP
Massachusets shtatining Norvud shahrida 12 yoshli Denni Doerti xayriyaga mablag‘ to‘plash uchun uyda tayyorlangan muzqaymoqlar do‘konchasini ochgandi, ammo ko‘p o‘tmay shahar ma’muriyati uni yopdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Denni rivojlanishida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlovchi Boston Bear Cubs mahalliy xokkey jamoasi uchun pul yig‘moqchi bo‘lgan. Jamoada uning autizmga chalingan akasi ham o‘ynaydi.
Bir necha kun davomida bola 20 ga yaqin mijozga vanilli va shokoladli muzqaymoqlar, shuningdek, shirin sendvichlar sotishga muvaffaq bo‘ldi.
Biroq ko‘p o‘tmay Dennining uyiga shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasidan xat keldi, unda bola Massachusets oziq-ovqat kodeksini buzganlikda ayblangan. Rasmiylarning ta’kidlashicha, ularga do‘kon bo‘yicha bir nechta shikoyat kelib tushgan.
Oqibatda do‘kon yopildi. Shu bilan birga oilaning ko‘plab qo‘shnilari uyda tayyorlangan limonad va non mahsulotlari sotadigan kichik kiosklarda savdo qilishda davom etmoqda.
“Hokimiyat shikoyatlarga javob berganidan xafa emasman. Shikoyat qiluvchilar borligidan hayronman. Bu kichkina do‘koncha edi. Shu paytgacha 20 nafar do‘st va qo‘shnilarimizga xizmat qildik – mahsulotlarimiz sog‘liq uchun xavf tug‘dirmaydi”, — dedi Dennining onasi Nensi Doerti.
Do‘kon yopilganiga qaramay, bola qolgan muzqaymoqni tarqatishga qaror qildi. Birinchi kundayoq u jamoa uchun ming dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Voqea mahalliy OAVning ham e’tiborini tortdi. Natijada xayriya uchun 20 ming dollardan ko‘proq pul yig‘ildi — bu klubning bir yillik budjetidan ko‘p.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijonda temiryo‘l sisternasiga chiqqan erkakni tok urdi
Jamiyat | 22:20
-
Ko‘r-ko‘rona tergov va prokurorning yolg‘oni: Olmazorda ayol kamida 80 kundan beri asossiz hibsda o‘tiribdi
Jamiyat | 22:03
-
Isroilning Eronga hujumidan keyin AQSh harbiy kemalarini Yaqin Sharqqa yubordi
Jahon | 21:55
-
Isroil hujumdan oldin Eron qo‘mondonligi a’zolarini aldab bir joyga yig‘di – OAV
Jahon | 21:42
Mavzuga oid

21:55
Isroilning Eronga hujumidan keyin AQSh harbiy kemalarini Yaqin Sharqqa yubordi

21:42
Isroil hujumdan oldin Eron qo‘mondonligi a’zolarini aldab bir joyga yig‘di – OAV

16:47
Hali kech emas – Tramp Eronni yadroviy bitim tuzishga chaqirdi

13:59