Light | 10:16 / 25.10.2020
104839
3 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya mehmonxonalari tasvirlangan 15 kamyob surat

Shimoliy Koreya mehmonxonalariga tashrif buyurgan fotograf ularning asl ko‘rinishini suratga muhrladi.

Shimoliy Koreya azaldan dunyoni qiziqtirib kelgan va u haqida mavzu ochilganda so‘zlovchi o‘z tasavvurlarini ishga solishiga to‘g‘ri keladi. Nihoyat Pxenyanning turistlar (kamdan-kam bo‘lsa ham) to‘xtaydigan mehmonxonalari bilan tanishish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Ushbu fotosuratlar Shimoliy Koreya poytaxtidagi o‘nta mehmonxonaga tashrif buyurib, mamlakatning sayyohlik sohasi umumiy olganda qanday ko‘rinishda ekanini namoyish etgan Nikol Rid tomonidan olingan. Nikol, mehmonxonalar Shimoliy Koreyada suratga olish mumkin bo‘lgan eng oddiy maskanlar ekanligini tan oldi, chunki ularga kirishda juda ko‘p hujjatlar talab qilinmaydi, ularning siyosat bilan hech qanday aloqasi yo‘q va har qanday sayohatchi ularga tashrif buyurishi mumkin.

Rid bir qiziq xulosaga keldi: hatto Shimoliy Koreya singari totalitar mamlakatda ham ijod uchun joy topiladi. Oddiy odamlarning kiyinishi, xonadon va uylardagi bezaklar kabi, bir-biridan farqlanmasa ham, mehmonxonalar juda o‘zgacha. Ularning har biri ichki dizayn uchun litsenziya olgan, shu sababli ham rango-rang tushlik zallari, xonalar va vestibyullarga ega. Mamlakat dunyoning boshqa qismidan uzilib qolgani hisobga olinsa, tashqi tomondan hech qanday ta'sir sezilmaydi. Bu estetika va bezaklarning barchasi mahalliy otelerlarning xizmatidir.

Ushbu o‘nta mehmonxona o‘ttiz yildan ortiq vaqtdan beri ishlamoqda va aslida ular bo‘sh, chunki mamlakatda sayyohlar soni juda kam. Biroq, mehmonxonalar hanuz o‘z faoliyatini davom ettirmoqda, ular muntazam ravishda ta'mirlanib, tartib saqlanyapti. Ularda basseynlar, konferens zallari, bouling, karaoke mavjud. Ammo, albatta, ular urushdan keyingi me'morchilikka xos bo‘lgan militarizm ruhini saqlab qolgan, ichkarida esa qadimgi intererlar mavjud bo‘lib, ular o‘nlab yillar davomida yangilanmaganga o‘xshaydi. Ularning barchasi o‘z mamlakatlari ruhiga yo‘g‘rilgan: siyosatchilarning portretlari yetarlicha topiladi, shuningdek, xodimlar ham mehmonlar e'tiborini o‘ziga qaratib qaddini tik tutib turadi.

Mavzuga oid