23 oktyabr kuni AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostin Pentagonda Rossiyaga şimoliy koreyalik harbiylar jönatilayotgani haqida dalillar mavjudligini bildirdi. Janubiy Koreya razvedkasi allaqaçon KXDR Moskvaga uç ming nafar harbiy yetkazib berganini xabar qilgan, ularning jami soni 10 mingdan oşişi közda tutilgan. Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy har birida 6 mingdan askar böladigan ikki brigada haqida gapirgandi.
24 oktyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozondagi BRICS sammiti yakunlariga köra ötkazilgan matbuot anjumanida şimoliy koreyalik harbiylar Ukraina bilan uruşda qatnaşiş uçun Rossiyaga yuborilayotgani haqidagi xabarlarga ilk bor munosabat bildirdi. U ularning Rossiyadaligini rad etmadi, ammo ular qay maqsadda kelganiga ham aniqlik kiritmadi.
KXDR çindan ham özining minglab harbiylarini Rossiya armiyasiga yordam uçun yuborgan bölsa, bu kampaniya şimoliy koreyalik harbiy xizmatçilar Koreya çegaralaridan taşqaridagi uruşda bu qadar katta kontingent bilan iştirok etişiga birinçi misol böladi.
Ammo şimoliy koreyalik harbiylar oldin ham, hozirgi kabi kölamda bölmasa-da, döstona mamlakatlarga ularning uruşida yordam körsatgan. Ular butun dunyo böylab, Janubi-Şarqiy Osiyodan tortib Yaqin Şarq va Afrikagaça bölgan hududlardagi mojarolarda qatnaşgan. BBC’ning navbatdagi materialida KXDR armiyasi qanday qilib boşqalarning uruşlarida jang qiliş tajribasiga ega bölgani haqida ma’lumot keltirildi.
Vetnamdagi uruş
KXDR birinçi marta 1960-yillarda mamlakatdan taşqaridagi uruşga bevosita aralaşgan. Vetnam uruşi köp jihatdan Koreya uruşiga öxşab ketardi: kommunistik Şimol Amerika qöllovidagi Janubga qarşi kuraşgan. Şimoliy Koreya öz uruşida ğolib çiqqan va amerikaliklarga qarşi kuraşda Vetnamga yordam körsatişga tayyor edi.
1966 yil oktyabrida hukmron Koreya Mehnat partiyasi Vetnamga harbiy yordam körsatişga qaror qiladi. 1967 yil boşida KXDR Xanoyga qurol yetkazib berişni boşlaydi, Vetnamga qurol, öq-dori va 2 mln komplekt uniforma taqdim etilgan.
Bundan taşqari, Xanoy himoyasi uçun Vetnam Şimoliy Koreyadan qiruvçi samolyotlar oladi, bu uçoqlar asosan sovetlarning MiG-17 va MiG-21 rusumli harbiy samolyotlaridan taşkil topgan 921- va 923-aviapolklarni kuçaytiradi. Öşanda faqat samolyotlar «qaysidir davlat tomonidan» taqdim etilgani ma’lum edi. Va faqat 1996 yilga kelib Pentagon qiruvçilarni öşanda Pxenyan berganini uzil-kesil aniqlaydi, Vetnam esa buni yanada keyinroq, 2001 yilda rasman tan oladi. Şuningdek, uruş vaqtida 200 nafargaça şimoliy koreyalik uçuvçilar ham Vetnam kommunistlari tomonda turib jang qilgan.

















