Surxondaryoda kartoshka orasidan katta miqdorda giyohvandlik moddalari topildi
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona posti xodimlari DXX chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda 154 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositasining yashirin aylanmasini fosh qildi.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan yuk avtotransport vositasi O‘zbekistonda tranzit tarzida harakatlanib, Andijon viloyatidagi “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatga chiqib ketishi rejalashtirilgan. Hujjatlarda yuk avtomobiliga 533 ta qopda 22 tonnadan ziyod kartoshka yuklangani qayd etilgan.
Transport vositasi postdagi inspeksion ko‘rik majmuasi orqali ko‘zdan kechirilganida, yuklarning rentgen tasviri bojxona xodimlarini shubhalantirgan.
Natijada, avtomobildagi kartoshka solingan 533ta qopning 38tasiga mohirlik bilan tayyorlangan kartoshka shaklidagi 1305 dona o‘ramlar – giyohvandlik vositalari joylangani aniqlandi.
Mazkur o‘ramlardagi “gashish” giyohvandlik vositasining umumiy og‘irligi 154 kg 90 grammni tashkil qilgan.
“Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, qonunbuzarlar o‘z qing‘irligini yashirish maqsadida har bir o‘ramga polietilen, nusxa ko‘chirishda foydalaniladigan qora qog‘oz va germetik skotch yordamida ishlov berishgan. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, – deyiladi Davlat bojxona qo‘mitasi xabarida.
Mavzuga oid
20:01 / 01.11.2024
O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzullayev vafot etdi
12:50 / 01.11.2024
Rossiyada sariyog‘ va tuxumdan keyin kartoshka ham qimmatlashdi
10:02 / 19.10.2024
Surxondaryoda aholiga tarqatilishi kerak bo‘lgan 1 400 tonna ko‘mir talon-toroj qilindi
07:40 / 18.10.2024