Iş haqi oşadi

Prezident farmoniga köra, 1 may kunidan budjet taşkilotlari xodimlarining iş haqi miqdori 7 foizga oşiriladi. Şuningdek, Özbekiston hududida mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori – oyiga 980 ming söm, bazaviy hisoblaş miqdori – oyiga 330 ming söm etib belgilanadi.

Jarimalar uçun 50% çegirma

Tegişli qonunga muvofiq 2023 yil 1 maydan ma’muriy jarimalarni 15 kun içida tölaganlik uçun çegirma miqdori oşiriladi. Bunda huquqbuzar unga jarima soliş töğrisidagi qaror topşirilgan kundan boşlab 15 kun içida jarima miqdorining 50 foizini yoki 30 kun içida 70 foizini ixtiyoriy ravişda tölagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini tölaşdan ozod qilinadi. Mazkur tartib sud qaroriga asosan qöllanadigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Imtiyozli transport kartalari “işga tuşadi”

1 maydan şahar yölovçilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yuriş huquqini beruvçi imtiyozli transport kartalari respublikaning barça şaharlarida beriladi. Prezident qaroriga muvofiq şahar yölovçilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yuriş huquqini beruvçi imtiyozli transport kartalarini beriş respublikaning barça şaharlarida amalga oşiriladi.

Ayrimlarga xaridi uçun qöşilgan qiymat soliği qaytariladi

Prezidentning tegişli qaroriga asosan 2023 yil 1 maydan boşlab «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan jismoniy şaxslarga ayrim turdagi tovarlar xaridi uçun qöşilgan qiymat soliği qaytarib beriladi. Ya’ni «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan jismoniy şaxslar çakana savdo obektlarida tuxum, ösimlik yoği hamda mol, qöy, parranda göştlari xaridini amalga oşirganda va uşbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid çekining fiskal belgisini matritsali ştrix kod (QR-kod) yordamida skanerlaş orqali röyxatdan ötkazganda, ularning bank kartalariga har oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi miqdoridagi tölov örniga, xarid summasida tölangan qöşilgan qiymat soliği summasi respublika budjetidan qaytariladi.