Pensiya va nafaqalar miqdori oşiriladi

Özbekiston prezidentining farmoniga köra, 2024 yil 1 sentabrdan boşlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oşiriladi.

Bunda:

  • pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 söm;
  • yoşga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 söm;
  • nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 söm;
  • iş staji töliq bölmagan çoğdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — oyiga 920 000 söm;
  • mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bölgan şaxslarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 920 000 söm;
  • 1941 — 1945 yillardagi uruş oqibatida nogiron bölgan şaxslar va uning qatnaşçilari, şuningdek, faşistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad şahri qamal qilingan davrda işlagan şaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda — oyiga 4 056 000 söm;
  • belgilangan yoşga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 sömdan) 920 000 sömgaça pensiya oluvçilarning yoşga doir pensiyalari miqdori — oyiga 920 000 söm;
  • zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 745 000 söm;
  • iş staji töliq bölmagan çoğdagi yoşga doir pensiyaning eng kam miqdori qöşimça tölovni hisobga olgan holda — oyiga 745 000 söm;
  • özgalar parvarişiga muhtoj nogironligi bölgan 18 yoşgaça bolalarning parvarişi bilan band bölgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 745 000 söm;
  • boquvçisini yöqotganlik nafaqasi oluvçilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uçun nafaqa miqdori — oyiga 745 000 söm etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uçun — 244 000 sömdan qöşiladi;
  • boquvçisini yöqotganlik pensiyasi oluvçilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uçun pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 745 000 söm etib belgilanadi.

Jahon brendlari hamkorlari 1 mln dollar grant oladi

Mahsulotlarining kamida 30 foizini maşhur xalqaro brend ostida işlab çiqarayotgan brend hamkorlari uçun soliq imtiyozlari beriladi. Bu prezidentning “Sanoat sohasida nufuzli xalqaro brendlar bilan hamkorlikni rivojlantiriş va milliy brendlarni qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi