Suv obektlarini xususiy sektorga berish mumkinligi qonunan belgilab qo‘yiladi
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar suv va suvdan foydalanish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda muhokama qildi.
Qonun loyihasi bilan suv obektlari yoki ularning qismlarini belgilangan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorga berish mumkinligi, suv tejovchi texnologiyalar joriy qilgani uchun davlat budjetidan subsidiya olganlar ushbu loyihalardan kamida besh yil samarali foydalanishi, shuningdek sho‘ri yuviladigan yerlar lazer uskunalar yordamida har uch yilda kamida bir marta tekislanishi shartligi, suv obektlarida baliqchilik xo‘jaliklarini tashkil etish uchun xususiy sektorga berish mumkinligi kabi qator normalar qonun loyihasida o‘z aksini topmoqda.
Bildirilishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi sohani yanada rivojlantirishga, investitsiyalarni jalb etishga, yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga, eksport salohiyatini oshirish orqali iqtisodiyotni yuksaltirishga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
Mavzuga oid
21:48 / 28.10.2024
Qirg‘iziston qo‘shni davlatlarga qancha suv berayotganini e’lon qildi
12:00 / 26.10.2024
Qishloq xo‘jaligida suv olish limiti xalq deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlanadi
13:30 / 25.10.2024
Suv resurslarini samarali boshqarish tizimi joriy etiladi
18:50 / 21.10.2024