O‘zbekiston | 11:31 / 29.04.2024
20645
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida harorat foni ko‘tarila boshlaydi 

O‘zbekiston bo‘yicha 29-30 aprel va 1-3 may kunlariga ob-havo prognozi berildi.

Foto: Kun.uz

Boshlangan ish haftasi davomida O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ertaga, 30 aprel kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, o‘tgan dam olish kunlari havo biroz salqinlashganidan so‘ng, harorat foni ko‘tarila boshlaydi va hafta o‘rtasidan kunduz kunlari +24...+29 darajagacha, ba’zi joylarda +31 darajagacha isiydi. Kechalari harorat +10...+15 darajagacha ko‘tariladi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida 29-30 aprel kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 2000 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Poytaxtda 29 apreldan 3 maygacha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan o‘rtacha tezlikda esadi. Bugun va ertaga harorat +21...+24 daraja atrofida bo‘ladi, 1-3 may kunlari +25...+29 darajagacha ko‘tariladi. Harorat kechalari +12...+15 darajani tashkil etadi.

Mavzuga oid