5–8 noyabr kunlari Özbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelişi kutilmoqda. Bu haqda Özgidromet xabar qildi.

Uşbu kunlarda havo harorati asta-sekin pasayadi va 7–8 noyabrda keçalari 0…+5 darajani, ba’zi joylarda –3 darajani, kunduz kunlari +5...+10 darajani taşkil etadi.

Respublikaning ayrim hududlarida şamol tezligi 13–18 metr/sekundgaça, şimolda va çöl hududlarda 20–23 metr/sekundgaça kuçayişi mumkin.

5–6 noyabr kunlari respublika böyiça vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, toğlarda qorga aylanadi, ba’zi joylarda kuçli böladi.

Özbekistonning toğoldi va toğli hududlarida 5–7 noyabr kunlari sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin. Respublika hududi böyiça yomğir suvlari töplanişi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosişiga olib kelişi mumkin.