Buyuk Britaniya turistlar uchun koronavirus cheklovlarini bekor qildi
18 martdan boshlab koronavirusga qarshi emlanmagan sayyohlar parvozdan avval va mamlakatga kelganidan so‘ng PZR test topshirishlari talab qilinmaydi.
Buyuk Britaniya hukumati xorijlik turistlar uchun mamlakatga kirishda amaldagi koronavirus cheklovlarini bekor qildi. Bu haqda Rossiya turoperatorlar assotsiatsiyasi ma’lum qildi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, 18 martdan boshlab koronavirusga qarshi emlanmagan sayyohlar parvozdan avval va mamlakatga kelganidan so‘ng PZR test topshirishlari talab qilinmaydi.
Bundan tashqari, chegarani kesib o‘tish uchun talab qilinadigan yo‘lovchilarni qidirish bo‘yicha majburiy shakl (PFL) ham bekor qilindi.
Mamlakatda cheklovlardan faqat jamoat transporti va jamoat joylarida niqob taqish talabi saqlab qolindi.
Mavzuga oid
00:44
Britaniyada davlat idoralari o‘z xodimlariga mamlakat bo‘ylab parvozlarni taqiqlashni boshladi
18:32 / 25.11.2024
Le Monde: Yevropa mamlakatlari yana Ukrainaga qo‘shin yuborish ehtimolini muhokama qilmoqda
17:34 / 25.11.2024
Britaniya ishchi kuchi yetishmovchiligini mahbuslar bilan qoplamoqchi
18:15 / 24.11.2024