Ğarbning ayrim mamlakatlari öz qöşinlari yoki xususiy harbiy kompaniyalarini Ukrainaga yuboriş imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda fransuzlarning Le Monde naşri öz manbasiga tayanib xabar bergan. 

Bu mavzudagi muhokamalar AQŞda Vaşingtonning Kiyevga yordamini töxtatişi mumkin bölgan Donald Tramp prezidentlikka saylanişi fonida boşlandi. 

Le Monde joriy yil fevralida, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ğarb qöşinlari Ukrainaga yuborilişi ehtimoli töğrisida oçiq gapirganida, bu ayrim davlatlar, birinçi navbatda Germaniyaning «kuçli qarşiligi»ga uçraganini eslatgan. Sönggi haftalarda bunday muhokamalar tiklangan — xususan, Buyuk Britaniya boş vaziri Kira Starmerning Fransiyaga taşrifi vaqtida bu mavzu muhokama qilingan. 

«Buyuk Britaniya va Fransiya örtasida mudofaa sohasidagi hamkorlik böyiça, jumladan, Yevropada Ukrain va umuman Yevropa xavfsizligiga yönaltirilgan ittifoqçilarning zarbdor kuçini yaratiş maqsadidagi muzokaralar olib borilmoqda», — degan naşrga britaniyalik harbiy manba.

Gazeta şuningdek, yaqinda Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barro BBC News uçun intervyusida Ukrainani qöllab-quvvatlaş masalasida «qizil çiziqlar» yöqligini aytganini eslatgan. U harbiy harakatlarga Fransiya harbiylari ham jalb etilişi ehtimoli haqidagi savolga şunday javob qaytargandi: «Biz heç qaysi variantni inkor qilmayapmiz».

«Ukrainani qança kerak bölsa şunça intensiv va uzoq qöllab-quvvatlaymiz. Nima uçun? Çunki xaritaga bizning xavfsizligimiz qöyilgan. Rossiya armiyasi har safar bir kvadrat kilometrga siljiganida, Yevropaga xavf ham bir kilometr kvadratga yaqinlaşadi», — degan Barro.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Le Monde materialiga munosabat bildirarkan, Kremldagilar bu qançalik haqiqatga mos kelişidan bexabar ekanini bildirgan. 

«Ilgari ham Yevropaning turli poytaxtlarida bunday fikrlar yangragandi. Ammo bu ğoyani yoqlamaydigan turli qarşi aksilrargumentlar ham bor edi. Yevropaliklarda bu borada yakdil fikr bölmasa ham, qandaydir qizigan boşlar köriniş bermoqda», — deya uning sözlarini keltiradi «Mayak» radiosi. 

2024 yil fevrali oxirida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa mamlakatlari Ukrainaga qöşin yuborişi mumkinligini aytgandi. U Yevropa mamlakatlarida «ayni bosqiçda» qöşin yuboriş borasida konsensus yöqligini ta’kidlagan. Öz navbatida, öşa vaqtda NATO boş kotibi lavozimida bölgan Yyens Stoltenberg «Ukrainada NATO jangovar bölinmalarini joylaştiriş böyiça heç qanday reja yöqligi»ni aytgandi. May oyida Makron yana bir bor ğarb qöşinlarini Ukrainaga yuboriş mavzusiga töxtaldi. «Agar ruslar front çiziğini yorib ötadigan bölsa, agar Ukraina iltimos qilsa — bugungi kunda bunday sörov yöq — biz qonuniy asosda [qöşin yuboriş haqidagi] bu savolni özimizga berişimiz kerak böladi. Şuning uçun men öylaymanki, bu apriorini istisno qiliş — sönggi ikki yillikdan xulosa çiqarmaslik böladi», — degandi u.