O‘zbekiston-Turkmaniston chegarasidagi savdo markazi 2025 yil ishga tushiriladi
Dashovuz viloyatidagi Turkmaniston-O‘zbekiston chegara zonasida savdo markazini qurish bo‘yicha qurilish ishlari 2023 yil iyul oyida boshlangan, obektni ishga tushirish 2025 yil iyul oyiga rejalashtirilgan.
Turkmanistonning Orient va Turkmenportal yangiliklar portallarida O‘zbekiston elchisining Dashovuz viloyati rahbariyati bilan uchrashuviga bag‘ishlangan maqolalar e’lon qilindi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, 15 may kuni Dashovuzda O‘zbekiston elchisi Akmal Qo‘chqorov viloyat hokimi Soltanmirat Soltanmiradov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida Xorazm viloyati va Turkmanistonning shimoliy mintaqasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, muloqot chog‘ida Xorazm va Dashovuz viloyatlari o‘rtasida chegara savdo zonasi – savdo markazining tashkil etilishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmining o‘sishiga, shuningdek, chegara hududlari aholisining farovonligini oshirishga xizmat qilishi e’tirof etildi.
Ma’lum qilinganidek, Dashovuz viloyatidagi Turkmaniston-O‘zbekiston chegara zonasida savdo markazini qurish bo‘yicha qurilish ishlari 2023 yil iyul oyida boshlangan, obektni ishga tushirish 2025 yil iyul oyiga rejalashtirilgan.
"Transchegaraviy savdo zonalarining ishga tushirilishi Xorazm va Dashovuz viloyatlarining iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, aholi farovonligini oshirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi", – deb yozgan Turkmaniston OAV.
Mavzuga oid
13:20 / 16.11.2024
O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transchegaraviy savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi
11:27 / 07.11.2024
O‘zbekiston va Pokiston imtiyozli savdo bitimiga kiruvchi mahsulotlar bo‘yicha muzokara olib bormoqda
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
09:30 / 31.10.2024