Unda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarning joriy holati, amaldagi körsatkiçlarni yangi bosqiçga kötariş uçun körilayotgan çoralar, qöşma investitsiya loyihalarining amalga oşiriliş holati töğrisida batafsil ma’lumotlar berilgan.

Suhbat avvalida vazir Laziz Qudratov 2024 yilning 9 oyi yakunlariga köra Özbekiston va Pokiston örtasidagi tovar aylanmasi 311,1 million dollarni taşkil etganini, bu körsatgiç ötgan yilning şu davriga nisbatan 9,8 foizga oşganini ta’kidlagan. Şunga qaramasdan ikki mamlakat örtasida işga solinmagan ulkan salohiyat mavjudligi qayd etilgan. "Şu maqsadda mamlakatlarimiz örtasida amal qiluvçi Imtiyozli savdo töğrisidagi bitim doirasiga kiruvçi mahsulotlar röyxatini kengaytiriş böyiça muzokaralar olib borilmoqda", – deyiladi naşrda.

Ta’kidlanişiça, tomonlar örtasida bojxona tölovlari stavkalarini pasaytiriş va mahalliy mahsulotlar eksporti uçun qulay şaroit yaratiş orqali özaro savdo hajmlarini oşirişni rejalaştirilgan.

"2021 yilda imzolangan Tranzit savdo töğrisidagi bitim ikki davlat savdo munosabatlarining yana bir muhim ustuni sifatida e’tirof etilib, uning bojxona jarayonlari soddalaştirilişiga, janub yönalişidagi transport koridori rivojlanişiga xizmat qilayotganiga e’tibor qaratilgan", – degan Laziz Qudratov.

Intervyuda Özbekiston va Pokiston öz geostrategik joylaşuvini işga solgan holda Markaziy va Janubiy Osiyoni boğlovçi samarali transport yölaklarini şakllantirişlari şartligi alohida ta’kidlangan. Vazir mana şu imkoniyatning birgina özi davlatlar örtasida tranzit savdo sohasida ulkan salohiyat mavjudligini körsatişini, mintaqalararo savdo aloqalarini mustahkamlaş esa Özbekiston taşqi savdo siyosatining negizi ekanligini qayd etgan.

"Biz qöşni davlatlar bilan savdo hajmini oşiriş maqsadida ikki va köp tomonlama formatdagi keng qamrovli hamkorlikni jadal rivojlantiryapmiz. Bu borada körilayotgan çoralar Özbekistonning işlab çiqariş quvvatlarini mintaqaviy bozorga integratsiya qiliş böyiça muhim sa’y-harakatlarni ham öz içiga oladi", – deya ta’kidlagan ISSV rahbari.

Vazir Lazir Qudratov yana bir muhim jihat – özaro savdo amaliyotlarini soddalaştirişga töxtalib, mamlakatimiz hukumati elektron deklaratsiya tizimlarini joriy qilayotganini va bojxona jarayonlarini raqamlaştirayotganini ma’lum qilgan.